“ Ijtimoiy fanlar


Bunday  kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bunday 
kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl 
va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik. 
a) YAkkalik, xususiylik va umumiylik.
YAkkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, 
ma’lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular 
o‘rtasidagi bog‘anish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq 
qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi
 yakkalik
deyiladi. Yakkalik 
alohida narsa va hodisalarni ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.


5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
78
Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘lgan 
o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha
 
umumiylik
deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning 
tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf 
yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarni ham ifodalaydi. Chunki borliqda har bir narsa va hodisa 
boshqa narsa va hodisalar bilan albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga 
egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xususiyatlar birligi
 xususiylik
kategoriyasida 
ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar 
o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar, 
belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va 
xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan 
universal tushunchadir. Masalan: Ahmad odam tirik mavjudot, nihoyat materiya borliq. 
«Borliq» tushunchasi bu erda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bilan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi. 
Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan bo‘lib, ular o‘zaro 
aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohidalik bilan bog‘laydi. 
Umumiylik esa yakkaliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi, balki yakkaliklarning umumiy 
xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikning o‘zida mavjud 
bo‘ladi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan 
iboratdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, ma’lum sharoitda 
yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o‘tishi mumkin. 
Ob’ektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra u o‘sib, 
rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.
Lekin bundan har qanday yakkalik xususiylikka, xususiylik esa umumiylikka o‘taverar 
ekan, degan fikr yuritmaslik kerak. Bunday bo‘lishi uchun ular taraqqiyotning asosiy 
tendensiyasiga mos kelishi shart. Yakkalik, xususiylik va umumiyliklarning o‘zaro 
bog‘lanishlarini dialektik nuqtai nazardan tushunish ob’ektiv voqelikni to‘g‘ri bilish uchun juda 
muhimdir. CHunki, insonning borliqni bilishi ham yakkalikdan xususiylikka va undan 
umumiylikka borishdan iboratdir. Bu umumiylikni biz narsa va hodisalarni va ularda 
ifodalanuvchi yakkaliklar va xususiyliklarni bilish orqali anglab etamiz. Biz, dastavval, sezgi 
a’zolarimiz yordamida yakkalikni, yakka narsa va hodisalarni idrok qilamiz. So‘ngra 
tafakkurimizda shu hissiy idrokimizda vujudga kelgan mavjud faktlarni analiz va sintez qilib, 
ularning muhim tomonlarini nomuhim tomonlaridan, umumiy tomonlarini alohida tomonlaridan 
ajratamiz, ularni o‘zaro bir-biri bilan birlashtiramiz, bir-biriga taqqoslaymiz, shular asosida 
fikrimizda ularni ifodalovchi tushunchalarni hosil qilamiz. Bu hosil qilgan tushunchalarda narsa 
va hodisalarning ham yakka tomonlari, ham ularning muayyan turkumiga xos bo‘lgan xususiy 
tomonlari, hamda shu narsa va hodisalarning butun bir sinfiga oid bo‘lgan umumiy tomonlari 
ifodalanadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin