“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

5-MAVZU. OLAMNING UNIVERSAL ALOQALARI VA RIVOJLANISH. FALSAFANING QONUN VA 
KATEGORIYALARI 
73
munosabati. Tafovut kuchli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. 
Kuchli tafovut – predmetning o‘z-
o‘zi bilan ziddiyatga kirishish omili
. Bu qarama-qarshilik bosqichi
 
bo‘lib, uning echilishi 
predmetning butunlay o‘zgarishiga olib keladi. SHunday qilib, ziddiyatlarning kuchayishi va o‘z 
echimini topishi rivojlanish manbai hisoblanadi. Rivojlanish manbai va rivojlanishni 
harakatlantiruvchi kuchni farqlash lozim. Rivojlanish manbai – ichki hodisa, predmetning ichki 
ziddiyatlaridir. Vaholanki, tashqi ziddiyat ham rivojlanishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lishi 
mumkin. Masalan, siz shamollab qoldingiz. Ayni holda tashqi muhit sizning holatingiz 
o‘zgarishini harakatlantiruvchi kuch bo‘ldi. Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy tomon manfiy 
xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor qilishga qaratilgan. Musbat 
tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan.
 
Ayniyat – 
predmet umumiy belgilarning muayyan davrda o‘z-o‘ziga mosligi

Predmetning 
rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan
 
o‘tadi. Dastlabki bosqich – 
predmetning o‘z-o‘zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas.
Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos 
belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy bo‘lmaydi. Masalan, 
ko‘zguga kelar ekansiz, siz o‘z qiyofangizda hech qanday farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan 
oradan besh yil o‘tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!» deb
 
o‘ylasangiz 
kerak. 
SHu bois, 
«ayniyat» 
tushunchasi ziddiyat tarqalishining dastlabki bosqichini
anglatadi. Bu 
bir xillik, narsa, hodisa, jihatning o‘z-o‘ziga yoki boshqa narsalar, hodisalar, jihatlarga 
o‘xshashlik munosabati
. Ziddiyatning vujudga kelishi yagonaning ikkilanishi sifatida, yagonaning 
o‘z-o‘zini qarama-qarshiliklarga differensiatsiya qilishi sifatida yuz beradi. Ikkilanish chog‘ida bir 
vaqtning o‘zida ayni shu munosabatda qarama-qarshiliklar birligi ham, ularning kurashi ham 
vujudga keladi. Ziddiyatning shakllanish jarayonida qarama-qarshiliklar kurashi birinchi o‘ringa 
chiqadi va rivojlanishning ichki, teran manbaiga aylanadi. Ziddiyatning o‘zida qarama-qarshiliklar 
har xil rol o‘ynaydi. Faolroq, harakatchanroq qarama-qarshilik ziddiyatning etakchi tomoni 
hisoblanadi. Qarama-qarshiliklar kurashi oxir-oqibatda yangi sifat holatiga olib keladi. Paydo 
bo‘luvchi yangi hodisalar o‘zlariga xos bo‘lgan yangi ziddiyatlarga ega bo‘ladi. Bu ziddiyatlar 
mazkur hodisalar rivojlanishining harakatlantiruvchi
 
kuchi hisoblanadi. Ziddiyatlarning 
rivojlanish jarayoniga yanada chuqurroq kirish uchun ularning tarqalish bosqichlari (fazalari)dan 
tashqari, ularning holatlarini ham farqlash zarur. Predmetlimoddiy, «etilgan» ziddiyatning holati 
deganda, qarama-qarshiliklarning amal qilish usuli, «birligi va kurashi»ning namoyon bo‘lish 
xususiyati tushuniladi. Ayni shu xususiyat bu qaramaqarshiliklarning rivojlanish xususiyati va 
faollik darajasini belgilaydi. Ziddiyatning rivojlanish jarayonida bosqichlarni yoki tarqalgan, 
«etilgan» ziddiyatni tavsiflovchi holatlarni ham farqlash mumkin. Ijtimoiy tizimlarga tatbiqan 
ziddiyatlarning rivojlanish bosqichlariga nisbatan bunday yondashuv ularning quyidagi holatlarini 
aniqlash imkonini beradi: garmoniya, disgarmoniya, konflikt.
 
SHuni qayd etish muhimki, 
ziddiyatlar rivojlanayotgan har qanday tizimda mazkur tizim mavjudligining boshidan oxiriga 
qadar mavjud bo‘ladi. Holatlar, miqdor ko‘rsatkichlari, qarama-qarshiliklarning o‘zaro aloqasi 
xususiyati, ularning tizimdagi roligina o‘zgaradi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin