“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Materialistik monizm 
dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu 
moddiylik yotadi
, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada
 
olam ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan 
keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o‘ta rivojlangan ko‘rinishlariga biz Fales, Geraklit, 
Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.
 
Idealistik monizm 
esa, 
materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo‘q bo‘lmasligi va 
birinchi asosiga ega bo‘lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli 
deb hisoblaydi. Bunda 
ob’ektividealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o‘lmas g‘oyalar, zardo‘shtiylikda olov, o‘rta asr 
falsafasida – Xudo,Gegelda – yaratilmaydigan va o‘z-o‘zidan rivojlanadigan «mutlaq g‘oya») va
 
sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy
 
holatlarini «neytral» 
asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari,«elementlari»dan keltirib chiqargan Max) 
farqlash mumkin.
 
Dualizm 
(lot. «dualis» – «ikki yoqlama») 
birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy 
yondashuv
. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr
 
boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga 
kiritgan. X.Volf dunyoda
 
barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g‘oyalar va aqlidrokning alohida
 
o‘rnini aniqlashga harakat qilgan.Falsafa tarixida Rene Dekart dualizmning yorqin vakili sifatida 
o‘rinoldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiyaning butunlay ruhsizligi
 
haqidagi 
yondashuvga olib keldi.
Plyuralizm 
(lot. – «ko‘plik», «ko‘p xillik», «ko‘p sonlik») 
dunyoning negizida ikkita emas, balki 
undan ko‘proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir 
atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. 
Bu Ayni shu ta’limot borliqning ko‘p sonli mustaqil va o‘zaro bog‘lanmaydigan asoslari borligi
 
haqidagi g‘oya ham ilgari surilgan. Leybnitsning monadalar haqidagi ta’limoti
(monadologiya) plyuralizmning klassik ko‘rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko‘ra, dunyo 
sonsanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari 
surilgan ko‘rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to‘rt asosi haqidagi 
ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin