“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
52
deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron» (Anaksimandr taxminan 
miloddan avvalgi 611–545-yillar)deb tavsiflaganlar. Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy 
kelib chiqishi g‘oyasini ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga 
kelgan va suv o‘tlaridan paydo bo‘lgan. So‘ngra baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va 
ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o‘xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av. 580–490-yillar) ham ilgari 
suradi. U hamma narsa er va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham er va suvdan paydo 
bo‘lganmiz», deb hisoblaydi. O‘sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima», degan 
savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580–500yillar) «hamma narsa sondir»,degan xulosaga 
keladi. U Erning sharsimonligi haqidagi g‘oyani birinchi bo‘lib ilgari suradi. Keyinchalik bu g‘oyani 
Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo‘llabquvvatladi va unga yozma ta’rif beradi. Parmenid faylasuflar 
orasida birinchi bo‘lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga 
aylantirdi. U haqiqiy borliq mohiyatining o‘zgarmasligi haqidagi g‘oyani ilgari suradi. Parmenid 
fikricha, borliq paydo bo‘lmagan va u yo‘q ham bo‘lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo‘q va 
bo‘lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va barkamoldir. U o‘z chegaralariga 
ega bo‘lib, «ulkan mutlaqo yumaloq sharga» o‘xshaydi.Parmenidning yagona, ajralmas, o‘zgarmas va 
harakatsiz borliq haqidagi ta’limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va eleatlar maktabi vakili 
bo‘lgan (samoslik) Melit «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz 
ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo‘qlik 
bilan chegaradosh ekanligini anglatadi.Biroq, hamonki yo‘qlik mavjud emas ekan, borliq ham 
chegarali bo‘lishi mumkin emas.Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo‘lgan 
davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o‘sha davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi 
borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o‘rganadi, uni, odatda, boqiy va barkamol kosmos, «yagona 
tabiat», ya’ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484–421-yillar) 
«borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo‘lsa ham, «barcha narsalarning to‘rt negizi» (olov,havo, suv 
va er) haqida so‘z yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko‘rinishga ega deb hisoblagan, hayot 
nam va issiq suv o‘tlaridan kelib chiqqani haqida mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni 
muayyan modda sifatida tavsiflab,ularni «bo‘shliq» – yo‘qlikka zid o‘laroq, «to‘la» yoki «qattiq» 
borliq bilan tenglashtirgan. Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor 
namoyon bo‘ladi. U, butun dunyo muttasil harakat va o‘zgarish jarayonini boshdan kechiradi, deb 
hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deb qayd etgan Geraklit 
(mil. av. 544–483-yillar) ta’limotida, ayniqsa, bo‘rtib ko‘rinadi.Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 
427–347-yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal narsalar ham borliqqa ega 
ekanligini falsafa tarixida birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq»bo‘lishi «ob’ektiv 
mavjud g‘oyalar dunyosi»ni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo‘ydi. Bunda u inson ongida mustaqil 
mavjud bo‘lgan tushunchalar borlig‘ini ham ko‘rsatib o‘tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga 
amalda mavjud bo‘lgan barcha narsalarni kiritdi.
Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi «Avesto»da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz 
narsalarning uyg‘unligidagi mavjudlik, deb ifodalanadi.Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko‘p 
sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi hissiy va oqilona tasavvurlar 
atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo‘ladi. 
Xususan, o‘rta asrlar Evropa falsafasida, «haqiqiy borliq – «Xudoning borlig‘i» va «haqiqiy 
bo‘lmagan», ya’ni Xudo yaratgan borliq farqlanadi. Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq 
muammosini hal qilishda, «vujudi vojib» va «vujudi mumkin»ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning 
birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va 
donishmandlik ifodasi. «Vujudi mumkin» esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, 
unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. «vujudi 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin