“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
87
Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni 
kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. 
Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar 
dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga 
aylantirishdan iborat. 
Gnoseologiyaning asosiy muammosi bizning barcha bilimlarimiz tajribada
sinalganmi? degan «oddiy» masalani echishdan iborat: Bu savolga javob izlash
va masalaning 
echimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz tajribada sinalganini qayd 
etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi ratsionalizm to‘qnashadi.
Ratsionalizm 
(ratsionalistlar) 
insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik,uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin 
bo‘lmagan boshqa g‘oyalar mavjudligidan kelib chiqadi
. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi 
insoniylik mavjud emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini 
ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsio nalistlar (masalan, Platon, Avgustin va ularning 
hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma g‘oyalar bo‘lib, ularni inson 
faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa, mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, 
Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda 
tafakkur va falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar. 
Empirizm 
(e
mpiristlar, F.Bekon, J.Lokk, T.Gobbs, D.YUm, L.Feyerbax), aksincha, 
in son, insoniyat shaxsiy 
yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar
biron-bir g‘oya mav jud bo‘lishini inkor etadilar
. Ular 
barcha g‘oyalar inson ongi zamirida yo shaxsiy taj riba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat 
tajribasini umumlashtirish orqali tug‘i lishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat 
qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini qurshagan dunyoni 
idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya (lotincha 

perception

– idrok 
etish) deb atash odat tusini olgan. 
Persepsiya o‘zini qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni 
sezgilar
orqali idrok etishga aytiladi

appersepsiya borliqni aql bilan anglash, bilish,
ularni 
g‘oyalarda ifodalashdir.
Gnoseologiya inson bilimining chegaralari to‘g‘risidagi masalani echishni ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina empiriklar (masalan, David Yum, Dyubua Raymond, agnostiklar) va ratsionalistlar 
(masalan, Kant va uning hamfikrlari) inson nafaqat umumiy narsa va hodisalarni, balki muayyan, 
konkret narsalarni ham bilishi mumkin emas, degan fikrga qo‘shiladilar. Ayrim narsalar, hodisalar 
va konsepsiyalar borki, ular persepsiyamizning chegaralariga ham, tafakkurimiz,refleksiyamiz 
(lotincha 

refl exes

– 

orqaga qaytish

) doirasiga ham sig‘maydi.
Masalan, Kant Koinot ibtidosi yoki ibtidosizligi, Xudoning borligi yoki yo‘qligi, jonning boqiyligi 
yoki foniyligi, axloqning sababiyligi yoki sababsizligi aqlning bilish chegaralariga sig‘maydigan, 
oqilona o‘rganib bo‘lmaydigan transsendental (lotincha 

transcendentalism

– chegaraga 
sig‘maydigan) masalalardir, deb hisoblagan. XX asr pozitivistlari, empirizm g‘oyalarini himoya 
qilgan yirik olimlar: Moris Shlik, Rudolf Karnap kabilar Kantning transsendental muammolarini 
mantiqsiz deb e’lon qildilar.
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‘p muammolar bilan shug‘ullanadi. U bizning 
bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko‘rko‘rona ishonch va qay darajada real 
borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda 
gnoseologiyada bilimlar o‘rtasidagi farq, 

nimani bilaman



qanday bilaman



shaxsiy 
tajribamdan bilaman



dalilga ko‘ra bilaman

kabi iboralar mazmunining o‘zaro nisbati 
masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to‘liq qamrab 
olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya 
falsafaning eng muhim omilidir.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin