“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Bilimning asosiy turlari. 
Bilim nima? Bilim tushunchasiga aniq ta’rif berish qiyin, balki hatto 
mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri 
hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta’rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda 
ko‘p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo‘yib bo‘lmaydi. Shuni e’tiborga olib, 
bilim nima ekanligini aniqlashga harakat qilib ko‘ramiz. Odatda, biz nimanidir bilishimiz haqida 
gapirganimizda, o‘zimiz bu «nimadir» haqida ancha to‘g‘ri tasavvurga egamiz, deb hisoblaymiz. 
Shuningdek, bizning tasavvurimiz xom xayol yoki faqat o‘z shaxsiy fikrimiz emasligiga ham 
ishonchimiz komil bo‘ladi. Nihoyat, biz bu ishonchni mustahkamlovchi qandaydir dalillar 
keltirishimiz mumkin. Shunday qilib, o‘z shaxsiy hayotimizda biz amaldagi holatga mos keladigan 
va ma’lum asoslarga ega bo‘lgan ishonch, e’tiqodni bilim deb hisoblaymiz. Teran ma’no bilan 
sug‘orilgan bu bilim talqinining umumiy ruhi gnoseologiyada ham saqlanib qolgan. Ayni 
zamonda, gnoseologiya bu talqin zamirida mujassam ba’zi bir holatlarni aniqlaydi va ularga 
oydinlik kiritadi. «S sub’ekt qandaydir P predmetni biladi», degan standart gnoseolgik talqin 
quyidagi uch shartni o‘z ichiga oladi:
○ 
Haqiqiylik (muvofiqlik) sharti – «agar P haqiqiy bo‘lsa, u holda S P ni biladi». 
Biz Chimyon
Toshkentdan shimolroqda joylashganligini bilaman, basharti Chimyon chindan ham Toshkentdan 
shimolroqda joylashgan bo‘lsa. Agar biz Amudaryo Tinch okeaniga quyiladi, deb aytsak, bizning 
bu fikrimiz bilim emas, balki yanglish fikr, xato bo‘ladi.
 
○ 
Ishonchlilik (e’tiqod, maqbullik) sharti – «agar S P ni bilsa, u holda S P ga ishonadi (uning 
mavjudligiga e’tiqodi komil bo‘ladi). 
Masalan, agar biz
 
O‘zbekistonda daryo bor desak, biz uning 
amalda mavjudligiga ishonamiz. Odatda,
 
bilim shunday ishonch yoki shunday e’tiqod hisoblanadi 
va ularni ajratish mumkin emas. Shunday bir vaziyatni tasavvur qiling: siz oyna oldiga kelib, 
tashqarida
 
yomg‘ir yog‘ayotganini ko‘rasiz. Siz: «Yomg‘ir yog‘yapti, lekin men bunga 
ishonmayman»,deysiz. Bu iboraning anoto‘g‘riligi bilimimiz bizning e’tiqodimiz ekanligini 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin