“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Mifologik bilim 
Mif – ibtidoiy odam tafakkurining tabiat hodisalarini tushunish va 
tushuntirishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Mif narsa va obraz, jism va xossa, 
«asos» va tamoyillarni farqlamaydi. Voqealar o‘xshashligi yoki ketma-ketligini sabab va oqibat 
bog‘lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy darajada universal voqealar, chunonchi: inson o‘limi va 
uning mangu barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat 
yutuqlari (masalan, olovning o‘g‘irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida hikoya qiladi. 
Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari keng va ko‘p ma’noli tus 
kasb etadi. Ko‘p sonlilik tamoyilini, aks ettirish, muayyanlik va antromorflik (ya’ni, inson 
xususiyatlarini tabiat ob’ektlariga o‘tkazish), obraz va ob’ektni tenglashtirish kabilar mifologik 
bilishning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Borliqni anglab etish usuli sifatida mif inson, jamiyat, 
dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
Diniy bilim 
insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson hayotining muhim ko‘rinishlari, 
chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor, axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga 
munosabatni tartibga soladi
. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat borlig‘ining 
mazmunini aniqlashdan iborat. Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi o‘z
 
tasavvurini 
asoslab, dunyo va insoniyatning birligini tushunishga ko‘maklashadi.
 
U inson hayotini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan haqiqatlar tizimidan iborat. Diniy ta’limotlarning 
o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular jamoa tajribasini ifodalaydi va shu bois nafaqat har 
bir dindor odam, balki dinga sig‘inmaydiganlar uchun ham qadrlidir.
Diniy ta’limotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin, umuman, Xudoni 
bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din o‘z dunyoqarashini Muqaddas 
Kitob matnlarida, shuningdek, diniy rasm-rusum va urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy 
rasmrusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga egadir. Diniy ramzlar g‘oya va obraz 
muvozanatini o‘zida mujassamlashtiradi. Meditatsiya – o‘z tafakkurini bir ob’ektga qaratish, inson 
e’tiborini chalg‘ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo‘li bilan fikr yuritish, narsa, 
g‘oya, dunyoni idrok etishdir. Dinda meditatsiya shaxsiy ongning Absolyut bilan birikuvini 
anglatadi. 
Falsafiy bilim
. Falsafa san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina 
kifoyalanmaydi. 
Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un holda–insonning dunyoda 
ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashishdan iborat. 
Falsafiy bilish ayni shu maqsadga 
bo‘ysundirilgan.
Ilmiy bilim. 
Bilishning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni ta’riflar ekanlar, 
uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim boshqa bilim turlaridan o‘zining 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin