“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
92
ehtiyoji bizning sezgi a’zolarimizni shunday tashkil qilganki, biz narsalarni yaxlit holda idrok 
etamiz. Aks holda hamma narsa harakatlanayotgan zarralar, molekulalar pardasiga aylangan va 
biz narsalarlarning chegaralarini ko‘rmagan bo‘lur edik. Ko‘rish a’zosi organizm hayotida muhim 
rol o‘ynaydigan borliqdagi yorug‘lik hodisalarini mumkin qadar yaxshiroq aks ettirish 
yo‘nalishida rivojlangan. Shu sababli ko‘z tabiatda mavjud yorug‘lik ta’sirida yorug‘likni qabul 
qilish, quloq – ovoz tebranishlarini farqlash uchun moslashgan va hokazo. Sezgi a’zolarining 
o‘ziga xosligi, «fiziologik» idealistlar fikridan farqli, tashqi dunyoni to‘g‘ri bilishga nafaqat 
monelik qilmaydi, balki, aksincha, narsalarning ob’ektiv xossalari aniqroq va to‘liqroq aks etishini 
ta’minlaydi.
Xotira 
o‘tmish va hozirgi zamonni birlashtiradi, ularning bir-biriga o‘tishini ta’minlaydi. 
«Tovushlar va so‘zlar soni ko‘paygandan keyin, odamga uning
 
xotirasi yordamga keladi... Yozuv 
ham xotira bilan birga inson imkoniyatlarini oshiradi»
19
. Agar obrazlar miyada unga predmet ta’sir 
ko‘rsatgan paytda paydo
 
bo‘lib, bu ta’sir to‘xtaganidan keyin darhol g‘oyib bo‘lganida, inson 
narsalarni
 
har safar mutlaqo notanish narsalar sifatida qabul qilgan, u mazkur narsalarni 
tanimagan, demak, ularni anglamagan bo‘lar edi. Biror narsani anglash uchun aqlning ishlashi 
hozirgi holatni oldingi holat bilan taqqoslashi talab etiladi. Tashqi ta’sirlarning idrok etilishi va 
ularning vaqtda saqlanishi natijasida xotirada tasavvurlar uyg‘onadi.
 
Tasavvurlar 

bu bir paytlar insonning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatgan va keyinchalik miyada 
saqlanib qolgan aloqalar bo‘yicha gavdalanadigan narsalarning obrazlaridir. 
Sezish va idrok 
etish ong, fikr shakllanishining boshlanishi hisoblanadi. Xotira olingan axborotni qayd etadi va 
saqlaydi. Tasavvurda esa ong ilk bor o‘zining bevosita manbaidan ajraladi va nisbatan mustaqil 
sub’ektiv hodisa sifatida mavjud bo‘la boshlaydi. Inson nisbatan yangi obrazlarni erkin yaratishga 
qodir. Tasavvur – bu idrok etish va nazariy tafakkur o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in. 
Xayol 
insonning muhim xossasi. 
Xayol kuchi tajribada (ongda) mavjud obrazlarni nafaqat qayta 
chaqiradi, balki ularni bir-biri bilan bog‘laydi va shu tariqa ularni umumiy tasavvurlar 
darajasiga ko‘taradi. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin