“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Ob’ektiv haqiqat 
– 
bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. 
Bizning 
bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy
 
guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur 
mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda
 
sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu 
sababli ob’ektiv hisoblanadigan
 
mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki 
shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi.
 
Mutlaq haqiqat 
– 
predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlikki ritilishi mumkin 
bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir
. Olam vaqt
 
va makonda cheksizligi tufayli bunday 
bilimga amalda erishish mumkin emas.
 
Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan 
tenglashtirib, biz unga
 
erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida 
gapiramiz.
 
Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki 
u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan
 
haqiqatni bilishga qodir.
Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim 
hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi
 
bilan o‘zgarmasa, ya’ni vaqt shart-sharoitlariga bog‘liq 
bo‘lmasa, u boqiy haqiqat
 
deb ataladi.
 
Nisbiy haqiqat 
– 
borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan 
ajralib turadigan bilim
. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq
 
noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan 
tarixiy shart-sharoitlari bilan
 
cheklangan haqiqatdir.
 
Nisbiy va mutlaq haqiqat bir-biri bilan 
chambarchas bog‘liq. Nisbiy haqiqatlar bi lish taraqqiyoti jarayonida rivojlanib, o‘z chegarasi 
bo‘lgan mutlaq
 
haqiqatga yaqin lashadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin