“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Mulohaza 
– 
fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa 
haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. 
Masalan, «Terak – o‘simlik» degan shunday 
bir mulohazaki, unda terak haqida
 
uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash 
yoki rad etish,soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz
 
mulohazalarga duch kelamiz.
 
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular birbiri 
bilan mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning hayoti 
faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda 
«yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra 
bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza 
ko‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega bo‘lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi esa – 
toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin.Nima yuksakroq – tushunchami 
yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham 
besamardir.Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo‘lgan gap mulohazani,ifodalashning 
og‘zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub’ektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki 
hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko‘rilmaydigan turlari sub’ekt, 
predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‘liq. Biz: «Olov 
kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub’ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham, kuyishni 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
95
ham sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub’ektning o‘zgarishiga 
qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo‘q». Yakka, 
ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan»
Xulosa 
– mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud 
mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. 
Xulosa
chiqarish tafakkurning shunday bir 
amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash
yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, 
xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan 
o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz 
berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin