“ Ijtimoiy fanlar


Fanlararo tadqiqot metodlari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Fanlararo tadqiqot metodlari 
– 
asosan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan 
(metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha 
sintetik va integrativ usullar majmui. 
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni amalga 
oshirishda keng
 
qo‘llaniladi.
Falsafa metodlari

Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy faoliyat bilan bog‘liq. 
Turli 
konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan 
umumiy falsafiy metodlarga
 
murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni 
ko‘rsatadi.
 
Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba,
 
taqqoslash, 
analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar
 
maxsus metodlar ob’ektning 
qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari
 
sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu 
ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan,
 
alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy 
qonuniyatlarini
 
o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod
 
ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng
 
qadimgi keng tarqalgan 
metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan 
cheklanmaydi. Bugungi kunda uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik 
falsafasi), intuitiv, fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham 
mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda (masalan, Gadamer 
germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga harakat qiladi).
 
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va bilish taraqqiyoti 
qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy tafakkur uslubi va amaliy faoliyat 
haqidagi ta’limotdir. 
U grek tilida
 
bahs va suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik 
dunyo faylasuflari uni haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi
 
davrga 
kelib, dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va 
bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga ko‘ra, olamda o‘z 
o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega bo‘lgan barcha narsalar va voqealar 
bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib 
turadigan bog‘lanishlar orqali namoyon bo‘ladi.
 
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik davr dialektikasi sodda va 
stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini birinchi 
bo‘lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika 
(harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, 
uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli 
fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi 
doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi. «Dialektika» so‘zi paydo bo‘lishiga qadar 
antik falsafada mazmuniga ko‘ra, dialektik bo‘lgan nazariyalar shakllana boshlagan. O‘tmish 
mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir butunlik ichida doimiy 
uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. 
Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin