“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Sofistika
. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, Qadimgi Yunonistonda, miloddan avvalgi 
V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo 
bo‘lgan. Sofistika namoyandalari: Protagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. 
Sofistikaning paydo bo‘lishi, antik YUnonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan ehtiyoj bilan 
bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni bartaraf qilish, yangi ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi eramizdan avval IV acp o‘rtalarida 
boshlandi. Eramizning II asrida klassik yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini qayta ishlashga 
intiluvchi yangi oqim paydo bo‘ldi.
Sofistika mavjud nazariya va ma’lumotlarni saqlashga intiladi. U, yangi fikr eski fikrning bir qismi 
ekanligini asoslashga yoki mantiq qonunini tuzib, mavjud bilimlar tizimini barcha ziddiyatlardan 
tozalashga harakat qiladi. Bu metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan isbotlash uchun 
foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi
«sopism» so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish 
orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, ko‘chma ma’nomazmunga erishish usuli, deb 
ta’kidlanadi. Bu usul qo‘llanilganda fikrning mazmuni ko‘chma ma’noda bayon qilinadi, ya’ni 
«Qizim, senga aytaman, kelinim,sen eshit», deganga o‘xshash holat nazarda tutiladi. U, nafaqat, 
Qadimgi YUnoniston, balki o‘pta asrlarda Evropada ham keng tarqalgan. Agar bu usul yolg‘on 
xulosalarga olib kelsa, nega o‘z davrining ko‘pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan 
savol tug‘ilishi mumkin. Ma’lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
102
munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‘p bo‘lgan. Bunday holni 
inkvizitsiya hukmron bo‘lgan o‘pta asrlar Evropasiga ham tatbiq etish mumkin. O‘sha davrda ham 
ko‘pgina ziyolilarning ana shu usulga suyanmasdan iloji yuq edi. Umuman olganda, falsafada 
«do‘ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning mashhur «Zarbulmasal» 
acapi kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‘rta asrlar Evropasiga nisbatan olsak, unda 
Servantesning «Don Kixot» acapi nima sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa 
nima uchun shamol tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy 
mazmun yashiringani aniq bo‘ladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin