“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Xususiy ilmiy metodlar 
– 
materiya harakatining asosiy shakliga mos bo‘lgan muayyan fanda 
qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. 
Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va
 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular 
jumlasidandir. Xususiy
 
fanlar metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan 
bilish
 
vositalari: mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi 
turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik
 
tadqiqotining muhim tarkibiy qismi 
hisoblanadi.
 
Umumilmiy-tadqiqot 
metodlari 
falsafa 
bilan 
maxsus 
fanlarning 
fundamental 
nazariymetodologik qoidalari o‘rtasida o‘ziga xos «oraliq metodologiya» bo‘lib xizmat qiladi. 
Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko‘pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», 
«tizim», «element», «oqilonalik», «ehti mollik» singari tushunchalar kiritiladi.
 
Birinchidan, bir 
qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning
 
alohida xossa, belgi va tushunchalari 
umumilmiy tushunchalarning mazmuniga
 
«singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy 
kategoriyalardan farqli
 
o‘laroq) matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni 


6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
99
formallashtirish, ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos 
jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – 
muayyan umumiy darajani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq 
umumiy mavhum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavhum-formal vositalar yordamida ifoda etish 
imkonini beradi
. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) echishda «ishtirok etish» sharti 
muayyan
 
«tafakkur shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning 
muhim mezonidir.
 
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari, tamoyillari 
ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan 
oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin