“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

 
 
Amaliyot. 
Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi
. Bu insonning butun bilish jarayoni 
sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, 
uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi.
Amaliyotning tarkibiy qismlari: 
1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot 
vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar
.
 
Maqsad sub’ektga yoki odamlar 
guruhiga xos. 
Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi. 
Pirovard maqsad 
muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara 
bilmas intilishi
 
bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy 
ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi
 
odamning faoliyatidir. 
Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi.
 
Bu faoliyatning o‘zi maqsad timsoli sifatida 
amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, balki kuchni tan oladigan tabiat 
bilan
 
to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi.
Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi
. Bu 
nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. 
Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad 
ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad
 
maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy 
harakat bajariladi. Amaliy
 
harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi.
 
Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga 
yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot 
haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni 
baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, 
uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga 
ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z aksini 
22
Beruniy. Hindiston. –Т.: «Фан», 1966 y. 25-b.
23
Милитан В. Психология лжи. –М.: «АСТ», 1993. с. 39.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin