“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Eklektika. 
Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga 
asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi
. U bilim
 
tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech qanday 
yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini 
xarakterlovchi bilim elementlaridir.Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi 
yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida,yangi davr 
XV–VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi
 
davrda ham reklama va 
tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib,inson psixikasidagi an’analar, 
ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday
 
usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan 
boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni 
anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab 
tashlash uslubiga tayanadi.
Sinergetika. 
Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo‘llanilmokda.Sinergetika so‘zi 
yunoncha («sinergena») bo‘lib, kelishuv, hamkorlik, o‘zaro ta’sir kabi ma’nolarni anglatadi. 
German Xakenning fikricha, sinergetika ko‘p qismlardan iborat bo‘lgan, o‘zaro murakkab 
aloqadorlikdagi komponentlar tizimini o‘rganadi. Xaken fikricha, 
sinergetika hamkorliqdagi 
harakat bo‘lib, butunning tizim sifatida aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati
ma’nosida 
talqin qilinadi
. Xullas, sinergetika – olamning o‘z-o‘zini tashkil etishi, makon va vaqtda narsa va 
voqealarning azaliy ketma-ketligi, o‘zaro aloqadorligi, ularning muayyan tizimlardan iborat 
sababiy bog‘lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. 
Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan va uni to‘ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi, 
deydiganlar ham bor. Ularga qarshi o‘laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan 
almashtirish lozim, deb hisoblovchilar ham yo‘q emas. 
Sinergetikada bifurkatsiya, fluktuatsiya, 
tartibsizlik, dissipatsiya, g‘alatiat traktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur
. Ulardan 
tizimlar barcha turlarining, jumladan, old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va 
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin