“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
93
kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa
 
fanga ma’lum bo‘lmagan yangi xossalarni 
aniqlashi mumkin.
 
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy 
yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi.
 
Eksperiment doim, ayniqsa, hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni 
asboblardan foydalanish bilan bog‘liq. 
Asbob – bu insonning sezgi a’zolari bilishi mumkin 
bo‘lmagan hodisalar va xossalar haqida axborot olish uchun mo‘ljallangan, kerakli xossalarga 
ega bo‘lgan moslama yoki moslamalar tizimidir. 
Asboblar bizning sezgi a’zolarimizni 
kuchaytirishi, ob’ekt xossalarining faollik darajasini o‘lchashi yoki ularda o‘rganilayotgan ob’ekt 
qoldirgan izlarni aniqlashi mumkin.
Tavsif. 
Kuzatish va eksperiment o‘tkazish jarayonining natijasi tavsiflash yoki bayon etish yo‘li 
bilan ifodalanadi. U umumiy qabul qilingan atamalar yordamida tuzilgan, grafiklar, rasmlar, foto 
va kinotasvirlar ilova qilingan,matematik, kimyoviy formulalar kiritilgan hisobot ko‘rinishida 
ifodalanishi ham mumkin
. Tavsifga qo‘yiladigan asosiy ilmiy talab – kuzatish va eksperiment 
ma’lumotlarini to‘g‘ri va aniq aks ettirishdir. Tavsif to‘liq yoki noto‘liq
 
bo‘lishi mumkin, biroq u 
doim materialni ma’lum darajada tizimga solishni,ya’ni uni guruhlash va umumlashtirishni 
nazarda tutadi: sof tavsif ilmiy ijod
 
doirasidagina qoladi.
Taqqoslash
. Bilish empirik metodlarining muhim unsuri – taqqoslash, ya’ni o‘rganilayotgan 
ob’ektlarning kuzatish yoki eksperimentda aniqlanayotgan xossalari o‘rta sidagi o‘xshashlik va 
farqlarni aniqlashdir
.
 
O‘lchash 
– 
taqqoslashning ayrim ko‘rinishi, ob’ekt xossalarining rivojlanish darajasini 
tavsiflovchi kattalikni aniqlash jarayoni. 
Kuzatish va
 
eksperiment natijalari o‘lchash yo‘li bilan 
ifodalangan taqdirdagina ilmiy
 
ahamiyatga ega bo‘ladi.. U o‘lchash birligi sifatida qabul qilingan 
boshqa kattalik bilan taqqoslash shaklida amalga oshiriladi.
 
Ilmiy dalil
. Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash 
ilmiy-tadqiqotning zarur shartidir. 
Dalil –bilimning tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki 
ma’naviy dunyo hodisasi,
biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir
. A.Eynshteyn 
so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida 
qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim
20


Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin