“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Tushuncha 
– 
narsalar va hodisalarning umumiy, muhim xossa va aloqalari aks etuvchi fikr. 
Tushuncha – tafakkur, tushunish faoliyatining mahsuli. Ular
 
nafaqat narsalar va hodisalarning 
umumiy jihatlarini aks ettiradi, balki
 
ularni bir-biridan ajratadi, ular o‘rtasida mavjud farqlarga 
qarab ularni
 
guruhlaydi, tasniflaydi. Bundan tashqari, biz biror narsa haqida tushunchaga ega
 
ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz, bunda mazkur ob’ektning mohiyatini tushunishimizni nazarda 
tutamiz. Masalan, «inson» tushunchasi nafaqat muhim umumiy, ya’ni barcha odamlarga xos 
bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, 
mazkur odamning mohiyatini tushunish esa, umuman insonning mohiyati, ya’ni inson haqidagi 
tushunchaning mazmunini bilishni nazarda tutadi: «Inson – aql, so‘zlashish va mehnat qilish 
qobiliyatiga ega bo‘lgan bioijtimoiy mavjudot». Sezgi, idrok va tasavvurlardan farqli o‘laroq, 
tushunchalar ko‘rgazmalilik yoki hissiylikdan xolidir. Idrok daraxtlarni, tushuncha – umuman 
daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish 
mumkin emas. Inson, masalan, yaxshi odamni tasavvur qilishi mumkin, biroq u yaxshilik, 
yomonlik, go‘zallik, qonun, yorug‘lik tezligi, sabab, qiymat kabi tushunchalar va jarayonlarni 
sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday fanning barcha tushunchalari haqida 
shu fikrni aytish mumkin. Ularning ob’ektiv ta’rifi ko‘rgazmalilik chegaralaridan tashqarida 
bilvosita aniqlanadi.
 
Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida mujassamlashtiradi: tushuncha 
mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. SHuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz 
narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda mazmunan har 
xil bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. Haqiqiy ilmiy tafakkur 
madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni o‘zi uchun qoida deb biladi. Buyuk 
mutafakkir Suqrot tushunchalarni mantiqiy jihatdan aniq ta’riflash haqiqiy bilimning bosh 
shartidir, degan edi. Tushunchalar inson ongida ma’lum bog‘lanishda, mulohazalar ko‘rinishida 
yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish, narsaning turli 
tomonlari o‘rtasidagi yoki narsalar o‘rtasidagi muayyan aloqalar va munosabatlarni aniqlash 
demakdir.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin