“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
91
aniqligi bilan ajralib turadi. 
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, 
pirovardida inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. 
Bilishning har xil turlari bu vazifani 
turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning 
birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Ijtimoiy bilim, 
asosan, o‘zi o‘rganayotgan borliqning sifat tomonini tavsiflashga qarab mo‘ljal 
oladi. Bu erda hodisalar va jarayonlar miqdor va umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat 
va xususiylik nuqtai nazaridan o‘rganiladi
. SHu sababli miqdor metodlarining ulushi, bu erda, 
tabiiy-matematik
siklga mansub
fanlarga
qaraganda
kamroq.
Biroq, 
bilimning matematikalashuvi, kompyuterlashuvi jarayonlari bu erda ham tobora kengroq 
tus olib
 
bormoqda.
Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning o‘ziga xosligi va 
aloqadorligi. 
Hissiy darajadagi bilimning shakllari
. Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. 
Narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va
idrok etish natijasida olingan bilim hissiy 
bilimdir. 
Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi

Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan 
oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi
. Masalan, 
aplesinda biz to‘q sariq rang,o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. CHunki, sezgilar insondan 
tashqaridagi muhitda
 
yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda 
yuzaga
 
keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar
 
tashqi 
ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
 
Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni 
farqlaydi.
 
Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e’tiborni qaratar ekan,
 
Forobiy 
ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai
 
deb hisoblab, sezgilar faqat 
narsaning in’ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan
 
holda haqiqiy bo‘lishi mumkin
17
, deb ta’kidlaydi. 
Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari 
Aristotelning «sezmaydigan odam hech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda 
o‘xshash. Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni 
o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in’ikosini o‘zida gavdalantiradi. 
Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini 
bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta’sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi 
va boqiylik xususiyatini kasb etadi.
 
Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi 
sabab o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o‘z navbatida, aqlga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi, jon inson tanasidan 
o‘rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o‘tadi va pirovardida inson mohiyati, 
bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi.
 
Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo‘lganidek, aqlning ham o‘z tegishli tartibi mavjuddir
18

Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan 
ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi.
 
Idrok

Sezgi a’zolariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi predmetlar, ularning xossalari va 
munosabatlarini aks ettiruvchi yaxlit obrazni idrok etish deb ataladi
. Insonning idrok etishi 
narsalar, ularning xossalari va munosabatlarini tushunish va anglab etishni o‘z ichiga oladi. Bunda 
inson o‘zining har
 
bir yangi taassurotini mavjud bilimlar tizimiga kiritadi. Sezish va idrok
 
etish 
inson tashqi dunyoga amaliy ta’sir ko‘rsatishi jarayonida, mehnatda, sezgi a’zolari faol ishlashi 
natijasida amalga oshadi va rivojlanadi; masalan,harakatsiz ko‘z narsalar rangini farqlashga qodir 
emas. Organizmning makroskopik, yaxlit narsalar va jarayonlar olamida mo‘ljal olishga bo‘lgan 
17
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 23.
18
Қаранг: Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 24.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin