“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 
89
ko‘rsatadi.
Asoslilik sharti «S P ni biladi, basharti u o‘zining P ga bo‘lgan ishonchini asoslab bera 
olsa». 
Bu shart bilimni to‘g‘ri chiqadigan taxminlar yoki tasodifan mos kelish hollaridan farqlash 
imkonini beradi. Aytaylik, siz besh yashar
 
bolakaydan: «Quyosh tizimida nechta sayyora bor», 
deb so‘radingiz va «To‘qqizta»,
 
degan javobni eshitdingiz. Siz bola sayyoralar sonini tasodifan 
to‘g‘ri aytdi,
 
deb hisoblaysiz. Agar u o‘z javobini hech bo‘lmasa buni onasidan eshitganini
 
aytib, 
asoslab bera olmasa, siz bolakayda bu dalil haqida haqiqiy bilim mavjud emas, degan to‘xtamga 
kelasiz.
 
Shunday qilib, bu «uch qismli» talqinga muvofiq, quyidagi muxtasar ta’rifni berish 
mumkin: 
bilim – bu haqiqatga mos keladigan va asoslangan ishonch-dir. 
Bu ta’rif ancha sodda 
bo‘lib, uni bilimning barcha turlariga nisbatan
 
tatbiq etish mumkin. Bu so‘zlar zamirida muayyan 
muammo yotadi. Masalan, biz
 
Nyuton mexanikasi haqiqatga etarli darajada muvofiq emas va 
uning o‘rnini
 
Eynshteynning aniqroq nazariyasi egalladi, deb hisoblaymiz. Biroq buning
 
natijasida 
Nyuton nazariyasi o‘zining bilim xususiyatini yo‘qotgani yo‘q-ku?
 
Eynshteynga qadar, uning haqiqiyligiga ko‘pchilikning ishonchi komil bo‘lgan davrda u bilim 
edimi? Shunga o‘xshash so‘zlarni hozirda fan tarixidan o‘rin olgan minglab nazariyalar sha’niga 
aytish mumkin. Bilimni qanday qilib asoslash mumkin va etarli asoslar mavjudmi? Bu savol ham 
ancha mavhum. Gipoteza, faraz, odatda, bilim shakli sifatida qaraladi, biroq olimlar o‘zlari ilgari 
surayotgan gipoteza yoki farazlarning to‘g‘riligiga ba’zan ishonchi komil bo‘lmaydi.
Balki bilimni standart tushunish haddan tashqari taxminiy va nisbiydir? Qisman shunday, biroq 
bilim-bir ta’rif chegaralariga sig‘dirish juda qiyin bo‘lgan rang-barang hodisa ekanligi muhimroq. 
Agar «bilmoq» so‘zi tilimizda qanday qo‘llanilishiga nazar tashlasak, bilim turlari juda rang-
barang ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Quyidagi gaplarni ko‘rib chiqamiz. Men bu mashinani 
qanday qilib tuzatish mumkinligini bilaman. Men gitara chalishni bilaman. Men Po‘latni o‘n 
yildan beri bilaman. Men Toshkentni yaxshi bilaman. Men uchburchak burchaklarining yig‘indisi 
ikki to‘g‘ri burchakka teng ekanligini bilaman. Men kit sut emizuvchilar oilasiga mansub 
ekanligini bilaman.Bu bir qarashda o‘xshash gaplarda «bilaman» so‘zi har xil ma’nolarda 
keladi.Dastlabki ikki gapda bilish nimanidir bajara olishni anglatadi. Gnoseologiyada u «
bilim-
ko‘nikma
» deb ataladi. Keyingi ikki misolda bilish – bu «
bilimtanishuvlik
» demakdir. U inson yoki 
qandaydir ob’ektni tanish qobiliyatini anglatadi. So‘nggi gaplarda bilim «
nimanidir bilish»
ni 
ifodalaydi, chunonchi: u narsalarda qandaydir xossalar, nisbatlar, qonuniyatlar va shu kabilarning 
mavjudligini tavsiflaydi. Bilim bu erda ma’lum axborot ko‘rinishida keladi deb aytish mumkin. 
Ko‘rib turganimizdek, «bilim-ko‘nikma» va «bilim-tanishuvlik» bilimning standart talqiniga 
uncha mos kelmaydi. Umuman olganda, ularga nisbatan haqiqiylik va asoslanganlik 
tushunchalarini tatbiq etish mumkin emas. Po‘latni yaxshi yoki orqavarotdan bilish mumkin, biroq 
biz uni «to‘g‘ri» yoki «ishonchli» bilishimiz mumkinmi? Biroq, bu erda shuni ta’kidlash lozimki, 
yuqorida zikr etilgan bilim turlari o‘rtasidagi chegaralar aniq emas. Masalan, sizning Toshkent 
haqidagi bilimingiz siz shaharning kattaligi, aholisining soni, u O‘zbekiston poytaxti ekanligi va 
hokazolar haqida ma’lum axborotga ega ekanligingizni nazarda tutadi. Biroq, bu bilim, avvalo, 
shahar bilan tanishlik, unda yaxshi mo‘ljal ola bilish demak. Gnoseologiyada asosiy e’tibor 
muayyan narsalar haqidagi bilimni tahlil qilishga qaratiladi. Zero, faqat shunday bilimni asosli va 
asossiz, ishonchli va ishonchsiz, haqiqiy yoki soxta bilim sifatida aniq baholash mumkin.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin