“ Ijtimoiy fanlar


Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi izlanishlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi izlanishlar
. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy 
hodisaning mohiyatini va uning, jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini, faqat u butun 
jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan 
taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan 
savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi 
yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga 
falsafaning «Tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi.
I.A.Karimov (1938-2016) 
tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg‘un holda ko‘radi. Uning 
fikricha, «Inson uchun tarxidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir»
28
. Fikrining 
davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi 
bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari 
insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglash tarixni bilishdan 
boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat o‘zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, 
u yoki bu mafkura ta’sirida xash-po‘shlangan tarixiy xotirani o‘z holicha, qayta tiklashga harakat 
qilishi lozim. «O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q»
29

Shundagina millat, xalq o‘z-o‘zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini ko‘rsatib, 
isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix xalq ma’naviyatining asosidir.
Hozirgi zamon tarix falsafasida, tarixiy jarayon mantig‘i va yo‘nalishini tushuntirishga nisbatan 
ikki asosiy yondashuv: 
formatsion va sivilizatsion yondashuvlar
mavjud. Formatsion 
yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini 
ijtimoiyiqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor 
tabiiytarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks o‘zining «Kapital», «Siyosiy 
iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini, uning bir 
qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:
28
Karimov I.А. 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. –T.: «Sharq», 1998 y. 10-b.
29
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –Т.: «Ma’naviyat», 2008 y. 4-b. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin