“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
244 
4.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. 
5.
Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016. 
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 176-b. 
7.
Abdulla Sher. Estetika. Darslik. – T.: O’zbekiston, 2016. 192 b. 
8.
Abdulla Sher, Husanov B, Umarov E. Estetika. T. O’ZMU, 2008. 178 b 
9.
Umarov E. Estetika. T. O’ZMU, 2004. 172 b 
 
 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
245
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
Reja: 
1.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi.
2.
Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi.
3.
Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni.
4.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri.
5.
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari. Xalq amaliy 
san’ati va dizayn.
Tayanch tushunchalar:
Ekoestetika, dizayn, san’at, Xalq amaliy san’ati, Tabiat, Ekologik 
estetika.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jihatlari.
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin 
qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana 
boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi 
atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga 
olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda 
san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni 
estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin. 
CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan 
voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri 
emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning 
«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.
Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab 
turadi
53
. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda 
tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi 
– san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik 
nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika 
estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni 
nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha 
nazardan o‘tkazamiz.
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez-
tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, 
odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini 
bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-
oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning 
deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining) 
o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi 
paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki, 
landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir. 
Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan, 
53
Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin