“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
246
hayotimizni farovon qiladigan vosita deb qarashimiz tufayli ana shu uyg‘unlikni muntazam 
ravishda buzib kelmoqdamiz.
Biz tabiatni nutqlarimizda, she’rlarimizda, maqolalarimizda «Ona-tabiat» deb ataymiz. 
Darhaqiqat, tobimiz qochsa, shifokorlar bizga bahavo, shaffof suvli tabiat qo‘ynida joylashgan 
oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat 
tashvishlardan forig‘ yashashni tavsiya etadilar. SHahar shovqinlaridan, mehnatdan, axborotlar 
siquvidan charchaganimizda, jamoa bilan yoki oilaviy tarzda shanba yo yakshanba kuni tabiat 
qo‘yniga chiqib dam olamiz. Toliqsak, doim «onamiz» qo‘yniga intilamiz, ona-tabiat bizni 
davolaydi, go‘zalligi bilan hayratlantiradi, ruhlantiradi. Lekin bir-ikki kundan so‘ng yana 
hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni 
tushunmaymiz, uni bilmaymiz. SHu sababli biror bir odamning yaxshi yoki yomonligiga asl 
sabablar nimaligini, uning mohiyatini bilmaganimiz, tushunmaganimiz uchun «falonchining 
tabiati o‘zi shunaqa», yoki muayyan hayvon yoxud o‘simlikning sir-sanoatidan bexabarligimiz 
tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami 
kubromi (katta olammi), olami sug‘romi (kichik olammi), ya’ni, odammi, u – sirli, uni lozim 
darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida 
zo‘r berib o‘qitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, zotan ekologiya tabiatni asrashni, 
qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning 
ekologiya bilan hamkorligi orqali erishish mumkin. CHunki estetika insonga tabiatni sevishni, 
uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun 
yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok 
etishni taqozo qiladi. Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina 
shunday emas. Masalan, bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi 
boshqa gullar faqat qorong‘u tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, 
o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb 
tushunishimiz lozim.
Buyuk Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat go‘zalligi 
qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyati 
mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.
54
Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u 
ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr 
tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq 
yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash 
haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga 
chiqarib qo‘ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo‘ldiki, tabiatni eng ulug‘ va mangu estetik 
qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i, bugun tabiatsiz estetikani 
tasavvur qilish mumkin emas.
Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok 
eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng 
boy material, manba; san’at vositasida in’ikos ettirilgan tabiat estetik qadriyat sifatida 
ma’naviyatimizni boyitib yashaydi. San’atda aks etgan tabiat o‘zining g‘oyaviy-badiiyligi, 
abadiylikning o‘chmas lahzasi, takrorlanmas go‘zallik yoki ulug‘vorlik, ba’zan esa, fojiaviylik 
sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat 
go‘zallik va ulug‘vorlikni ifodalaydi, g‘oyaviy-badiiy urg‘uga ega emas, hissiyotlarimizga 
san’atdagidek kuchli ta’sir ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning butun go‘zalligini aks 
ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i 
bosa olmaydi, ranglarning barchasini aks ettiraman desa, rassomning rangtasviri bir-biri bilan 
nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. Rassom 
54
Кант И.
Сочинения в 6 т. Т. 5. М., «Мысль», 1966. С.314.



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin