“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə303/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
253
qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi. 
SHunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi 
mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor 
talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-istamaymizmi, estetik 
ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Zotan, eslaylik, 
Shiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir 
ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas.
Unda ham san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday 
uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga 
keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol 
ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan» darajada go‘zallashib, 
noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. Yoki o‘zimizdagi 
«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor 
qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan 
keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot 
uyg‘otadi, asosiy chiroqlari (faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga 
o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib 
turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda 
muvaffaqiyatli moslashtirilgan: «Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», go‘zal, 
SHarqda ishlangan, sharqona mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib, 
o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir 
qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi 
bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy 
san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular 
maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan 
hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi 
shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin 
qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis 
laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab 
yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy 
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir 
xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana 
shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat 
qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida 
olib qaraydi va ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir 
qo‘lning» mehnati. Dizaynda esa, ashyolar «turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning – 
dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli, 
hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga 
qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er yuzida tobora ko‘payib borayotgan inson 
zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi 
bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning 
o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi.
San’at – estetik faoliyatning o‘ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko‘zgu. Sehri shundaki, san’at 
asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o‘z dunyosini 
qadriyatlar prizmasi orqali ko‘radi; o‘zining qandayligini va qaerdaligini, yutuqlarini va 
nuqsonlarini, aqlini va hissiyotlarini aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin