“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Demokratik xususiyati.
San’atinng demokratik xususiyati ham uning yashash shartlaridan 
biri. Bu xususiyat eng avvalo erkinlik bilan bog‘liq. Ijodkor fikr erkinligi, so‘z erkinligi, g‘oya 
erkinligi, mavzu erkinligi, uslub erkinligi, rang erkinligi v.b. ijodiy erkinliklar tizimiga ega 
bo‘lsagina, ulardan o‘z o‘rnida foydalana olsagina, uning asarini san’at namunasi deb atash 
mumkin. Ijodkorga, siyosiy-mafkuraviy zo‘ravonlik qilish, uni majburlash, qo‘rqitish orqali ta’sir 
ko‘rsatish kabi hodisalar san’at uchun o‘lim demakdir. Faqat ijod emas, badiiy asarni estetik idrok 
etish jarayoni ham erkin bo‘lishi kerak, bunda ham majburiylik, zo‘ravonlik mumkin emas. Zero, 
har qanday san’at asari erkin xohish-ixtiyor bilan idrok etilgandagina, u yashab qolish imkoniga 
ega bo‘ladi. Bu masalaning bir tomoni, ikkinchi tomoni - san’atni yaratuvchilar orasidagi 
demokratiya bilan bog‘liq.
Ijtimoiylik xususiyati.
Ijtimoiylik ham san’atning muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. 
Har bir san’at asari o‘z davrning dolzarb muammolarini, etakchi g‘oyalarini, muayyan mafkurani 
ko‘tarib chiqmasligi mumkin emas. Faqat ular go‘zallik, ulug‘vorlik, kulgililik, ezgulik, ideal kabi 
estetik va axloqiy qadriyatlar bilan uyg‘un tarzda idrok etuvchiga etkazib beriladi. Zero san’at 
asarida asosiy «voqealar» markazida turuvchi badiiy qiyofani biz asar qahramoni – qahramon deb 
atashimiz ham shundan: ijtimoiylik yo‘q joyda qahramonlikning mavjud bo‘lishi mumkin emas. 
San’atning bu xususiyati uning zamonaviylik, mafkuraviylik, hozirjavoblik, dolzarblik singari 


17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
256
tamoyillari va sifatlari bilan bog‘liq. Ayni paytda san’atning individuallashtirish xususiyati ham 
mavjud.
Tarixiylik xususiyati.
Har bir haqiqiy san’at asari, vaqt nuqtai nazaridan zamonaviy yoki 
tarixiyligidan qat’i nazar, u – tarix, badiiylashtirilgan tarix. Masalan, Abulqosim Firdavsiyning 
«SHohnoma» asari X-XI asrlarda yaratilgan, milodgacha va miloddan keyingi dastlabki 
davrlardagi Eron ijtimoiy-siyosiy hayotidan olib yozilgan tarix, faqat badiiylashtirilgan, 
umumlashtirilgan tarix. Ayni paytda «SHohnoma»ning yaratilishi bilan bog‘liq tarix ham mavjud. 
«SHohnoma» o‘z ibtidosidan tarixiy asar sifatida qabul qilinadi. Tarixiylikning yana bir boshqa 
jihati borki, unda asar dastavval zamonaviy san’at namunasi sifatida namoyon bo‘ladi va 
keyinchalik u o‘z davrining badiiy qiyofalar vositasida yaratilgan tarixiga aylanib qoladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin