“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
26 
Bahouddin Naqshband
(1318-1389 yillar) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu 
ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson 
Olloh inoyati natijasi bo‘lib, bu dunyoni unutib qo‘ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, 
qo‘li esa mehnatda bo‘lmog‘i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, 
ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Naqshbandning ta’kidlashicha, shariat — ahdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya 
qilish, dil va til birligi. Tariqat esa, o‘zidan kechish, fano bo‘lishdir. Haqiqat — behuda ishlardan 
uzoqlashish, haq ishlarga bog‘lanish. Demak, shariat — qonun, tariqat — yo‘l. Qonun vujud va 
qalbni tarbiyalaydi. Yo‘l esa ko‘ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.
Kubraviya, yassaviya va naqshbandiya ta’limotlari ma’naviyatimiz tarixida juda katta o‘rin 
tutgan. Ular ma’naviy taraqqiyotda muhim ahamiyatga molik bo‘lib, o‘z ta’sirini haligacha 
yo‘qotmagan.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga 
ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan. Uning hududida arab xalifaligidan nisbiy mustaqillikka erishgan 
davlatlarning tashkil topishi, xalqimizning bag‘rikengligi tufayli yangi marralarga erishildi. 
Dunyoviy va diniy sohalardagi madaniy-ma’naviy yuksalish mazkur uyg‘onish davrining yorqin 
timsolidir. «Avesto» an’analari, tabiatni o‘rganishdagi yutuqlar, gumanitar sohadagi ijobiy 
siljishlar, SHarq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. 
O‘sha davrda jahon miqyosida Vatanimizning ma’naviy-intellektual nufuzi ortib bordi. U 
jahondagi yirik madaniyat va ilm-fan markaziga aylandi.
Abu Mansur Moturidiy
(melodiy 944 yilda vafot etgan) kalom ilmining aql maqomiga 
alohida e’tibor qaratgan Samarqandda Moturidiya maktabini yaratgan. Mu’taziliylar (ajralib 
chiqqanlar) yakka xudolikning adolatli ekanini, Qur’onning tangri tomonidan yaratilganligini, 
iroda erkinligini yoqlab chiqqan. Uning asoschisi Vosil ibn Atodir (699-748 yillar). Uning oxirgi 
vakillaridan biri Zamahshariydir.
Kalom islom ilohiyotining o‘ziga xos falsafiy ta’limotidir. U diniy aqidalarni asoslab 
berishga uringan. U Qur’onga tayanib, jannat va do‘zaxning azaliy ekanligini, insonda iroda 
erkinligining yo‘qligini, lekin insonning Olloh oldida o‘z qilmishlari uchun mas’ul ekanligini 
asoslab berishga xarakat qilgan.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin