“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
29 
ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda 
muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu 
g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq namoyon 
bo‘ladi. Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar mavjuddir, deb 
hisoblaydi buyuk mutafakkir.
Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‘llari to‘g‘risida mulohaza 
yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‘li sezishdan boshlanishi 
lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan 
izohlanadi.Narsalar sezgi organlarida aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini 
mavhum o‘rganishga o‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini teranroq bilish 
uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. Bilishni 
mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‘ylab harakatlana boshlaydi, mavhum chiziq, 
yuza, jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib etadi.Ilmiy bilim va falsafiy 
tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash imkonini beradi, biroq Forobiy 
ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini topadi. «Vazifa 
bilishdan iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi masala undan voz kechish 
ma’nosida echilgandir. Endilikda masala faqat bilish doirasida nima birinchi bo‘lishi va undan 
keyin nimalar anglab etilishi lozimligi haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq yo‘l emas, 
balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning muayyan mazmunidan ko‘ra, mavhum 
mazmunni anglab etishi osonroqdir»
6
. Binobarin, bilish masalasi borliqning qaysi jihati biluvchi 
sub’ektning ob’ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. Umuman, Forobiy g‘oyalari nafaqat 
SHarq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy tafakkurining rivojida ham muhim rol o‘ynadi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin