“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
30 
borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e’tibor 
bergan. Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish 
imkoniyati masalasi qiziqtirgan. Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar 
vositasida, balki o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan 
xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mo‘ljal, ilmiy-tadqiqotlar jabhasi 
cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo‘llari va vositalarini topish borasidagi 
izlanishlarda muhim rol o‘ynadi. Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning 
tutilishi, ularning yerdagi hayotga ta’siri, iqlim, tabiiy va sun’iy tanlanish, saqlanish,rivojlanish 
anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod va nazariy tamoyillar yordamida 
echishga harakat qildi.
Beruniy Sharqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va 
rivojlanishi tarixida ham etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar olib 
borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e’tibor 
bergan.Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish 
imkoniyati masalasi qiziqtirgan. Shunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar 
vositasida, balki o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan 
xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mo‘ljal, ilmiytadqiqotlar jabhasi 
cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo‘llari va vositalarini topish borasidagi 
izlanishlarda muhim rol o‘ynadi.
 Abu Ali ibn Sino 
(980–1037, buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir 
Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,«Donishnoma», «Hayy ibn YAkzon», 
ayniqsa, keng dovruq qozongan
)
. O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.Ibn 
Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy 
bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob’ektlariga ko‘ra ajratishga 
asoslangan tasnifini taklif qilgan. Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan 
o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning 
individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan. O‘sha davrda u 
shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan 
bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan. Ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai 
deb hisoblab, ularning ob’ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in’ikosi sifatida yoritadi. Bundan 
tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e’tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning 
oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb 
ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi
9
.
Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a’zosisiz idrok etadi, degan 
ta’limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok 
etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, 
bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu ko‘rish organi 
bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir,chunki hissiy idrok etish jonning 
o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib chiqar, ulardan 
hech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari 
asossiz ekanligini ta’kidlab, haqiqat sezgilar tana a’zolariga muhtojligidadir degan xulosaga 
keladi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin