“ Ijtimoiy fanlar


Tasavvuf va uning tariqatlari



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Tasavvuf va uning tariqatlari.
Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida 
islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va 
hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning 
ta’siri ostida) paydo bo‘ldi. Tasavvuf uchun vahdoniyat — Ollohning birligi, Olloh va olamning 
porlab turishi, fano bo‘lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib ketishi kabi 
mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oqim namoyandalari va tarafdorlarini so‘fiylar, deb 
ataganlar va «so‘fizm» atamasi shundan paydo bo‘lgan. Ilk so‘fiylar aholining kambag‘al toifasi 


2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
25 
orasida shakllangan. Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy tengsizlikka 
qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga kelgan.
Tasavvufning muhim jihatlari yirik musulmon ilohiyotchisi Abu Homid Muhammad ibn 
Muhammad al-Fazzoliyning (1059-1111) «Diniy ilmlarning tiriltirilishi» asarida bayon etilgan. Ul 
zot dunyo qonuniyatlarini aql orqali bilishni e’tirof etgan, lekin Ollohni aql bilan anglash mumkin 
emasligini ta’kidlaganlar. U faqat qalb, maxsus ruhiy harakatlar — iltijo-ibodatlar ko‘magida bilib 
boriladi. Mantiq, tabiatni bilish Ollohni tanishga xalal bermasa, ular ahamiyatlidir, agar aksincha 
bo‘lsa, ularning maqomi chegaralanadi.
Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. Ularning fikricha, 
iymone’tiqodning mohiyati Ollohdan boshqa narsaga muhtoj bo‘lmaslik, hech qanday mulkning 
quliga aylanmaslik, boriga sabr-qanoat qilib yashashdir. Ollohga etishish uchun qalbni poklash, 
nafs balosidan ozod bo‘lish darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan to‘ladi, nuqsonlarni 
boshqalardan emas, o‘zidan izlaydigan darajaga ko‘tariladi, Haq sari yaqinlashadi, bema’ni qarash 
va tushunchalarning qullik kishanidan o‘zini ozod qiladi, chunki inson qalbi hurdir.
Tasavvufda 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin