“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
54
intilishning mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ammo bu nuqtai nazar 
haqiqiy borliqning anglab etish mumkin bo‘lmagan hodisa sifatidagi talqiniga daxl etmaydi. Nitsshe 
insonda, eng avvalo, o‘z hayoti uchun kurashishi lozim bo‘lgan biologik mavjudotni ko‘radi. Inson o‘z 
hayot kuchlari va instinktlarini axloqiy taqiqlar va jamiyat me’yorlari hukmiga bo‘ysundirish yo‘li 
bilan kurashdan bo‘yin tovlamasligi kerak. Axloq insonni o‘rtacha andozalarga yaqinlashtiradi va 
uning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘ladi: inson xavfsizlik hissini saqlash yo‘lida to‘laqonli, lekin xavfli 
hayotdan voz kechadi. Bunday qayta tug‘ilishning yo‘llaridan biri – Iso Masihning diniy axloqi, 
ikkinchi yo‘l – Suqrotning ratsionalistik axloqi. Ikkala ta’limot ham narigi dunyo g‘oyasiga 
asoslanadi,ularning ikkalasi ham real hayotning qimmatini kamsitishga qaratilgan.
Fridrix Nitsshe
(1844–1900) borliqning ikki asosi: dionisiycha hayotiy asos va apolloncha bir 
yoqlama-intellektual asosni ajratgan va haqiqiy madaniyat bu asoslarni muvozanatga solishga harakat 
qilishi lozim, deb hisoblagan.Evropa madaniyati mazkur idealni ro‘yobga chiqara olmadi va inson 
borliq deganda stixiyali shakllanishni emas, balki tartibga solinganlikni tushunib, o‘z mavjudligining 
asosiy negizlaridan uzoqlasha boshladi. Vaholanki, hayot abadiy harakat va shakllanishdan iboratdir. 
Hayotning mazmun va mohiyati hokimiyatga intilishda namoyon bo‘ladi. Bunday intilish butun 
tiriklikka xosdir. Unga intellektning hukmronligi, o‘z yaqiniga muhabbatni targ‘ib qiluvchi axloq va 
tenglikni e’lon qiluvchi sotsializm monelik qiladi. Bularning barchasi qullar axloqini tashkil etadi. 
To‘ralar axloqi esa hayotning qimmati, odamlar o‘rtasidagi tengsizlik hamda kuchning hukmronligiga 
asoslanishi lozim. Nitsshe «Xudo o‘ldi» degan tezisni ilgari suradi. Ushbu tezis yangicha axloqni 
shakllantirish zarurligini anglatadi.To‘ralar axloqining sub’ekti sifatida o‘ta qudratli inson amal qiladi. 
U oliy biologik tur hisoblanadi. Odam maymundan qanday tarqalgan bo‘lsa, o‘ta qudratli inson ham 
odamdan shunday tarqaladi. U tayyor tur sifatidagi inson tabiatiga xos bo‘lgan jihatlarni o‘zidan soqit 
etadi. O‘ta qudratli inson hayotni kurash sifatida idrok etishga va o‘zini tinimsiz o‘zgartirish yo‘lida 
harakat qilishga qodir. Nemis faylasufi, irratsionalizm vakili, hayot falsafasi asoschisi. O‘ta qudratli 
inson g‘oyasiga «abadiy qaytish» konsepsiyasi qarshi turadi. Nitsshe fikriga ko‘ra, voqealarning 
ehtimol tutilgan kombinatsiyalari soni cheklangan, vaqt esa cheksizdir, shu sababli barcha voqealar 
takrorlanishi lozim. Umuman olganda, Nitsshening falsafiy tizimi o‘zining ziddiyatlarga to‘laligi bilan 
ajralib turadi, shu tufayli ham u turlicha tushuniladi va talqin qilinadi. Nitsshe falsafasi XX asr 
falsafasining turli yo‘nalishlari: hayot falsafasi, pragmatizm va ekzistensializmga ulkan ta’sir ko‘rsatdi.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin