“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
61
Materiya harakatining uch shakli: asosiy, xususiy va kompleks shakllari 
mavjud degan boshqacha 
yondashuv ham bo‘lib, u dunyoni butun rang-barangligini
 
ifodalaydi. 
Asosiy shakllarga fizik, kimyoviy, 
biologik va ijtimoiy shakllar kiradi
. Ular materiya harakatining eng keng shakllaridir. Ayrim mualliflar 
materiya harakatining yagona fizik shakli mavjudligiga shubha bildiradilar. Ammo bu fikrga qo‘shilib 
bo‘lmaydi. Barcha fizik ob’ektlar ikki eng umumiy fizik xossa – massa va energiyaga ega. Fizik 
narsalar dunyosiga keng qamrovli umumiy energiya ning saqlanish qonuni xosdir. 
Materiya 
harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga 
kiradi. Masalan, fizik materiya bo‘shliq, 
maydonlar, elementar zarralar, yadrolar, atomlar, molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar, 
metagalaktikani o‘z ichiga oladi.
 
Materiya harakatining kompleks shakllariga 
(astronomik metagalaktika – galaktika – yulduzlar – 
sayyoralar), geologik (planetar jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan 
iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya harakatining fizik, kimyoviy, 
biologik 1470 TD.va ijtimoiy shakllarini o‘z ichiga oladi) shakllar kiradi. Materiya harakati kompleks 
shakllarining muhim xususiyatlaridan biri shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiyaning quyi 
shakli –fizik materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi,gravitatsiya, 
bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi, geografik qonunlar fizik va kimyoviy shartlar hamda Er yuqori 
qatlamlarining o‘zaro nisbatlari bilan belgilanadi.
Makon va vaqt falsafa tarixida
. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi 
bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin 
emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan 
yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi 
holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va 
davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui 
bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari 
sifatida amal qiladi.Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki 
bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga 
harakat qilganlar. Bu, avvalo, inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero, 
ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab 
qilgan. Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan 
sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik 
kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai 
nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» kategoriyalariga qiziqish 
hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng 
muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat 
nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va 
bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional va relyasion yo‘nalishlarni farqlash 
mumkin.
Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil mohiyatlar 
sifatida amal qiladi. 
Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo‘yicha) va 
Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar harakatlanuvchi bo‘shliq amalda 
mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, bo‘shliqsiz atomlar
 
harakatlanish 
imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va 
uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis 
oqadi, deb
 
hisoblangan. 
Makon ob’ektiv, bir xil va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt 
(zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin, u o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof 
davomlilikdan iborat. Vaqt – voqealar yuz beruvchi joy. 

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin