“ Ijtimoiy fanlar


-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

4-MAVZU. BORLIQ – FALSAFANING FUNDAMENTAL KATEGORIYASI 
60
ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo Aristotel jonsiz, passiv 
materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi harakatlantirgich – har 
qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan xulosaga keldi. Binobarin, 
harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi va belgisidir,u faqat birinchi 
turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy tafakkur rivojlanishining keyingi ancha 
uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va 
qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta asr Sharq mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning 
ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt 
bilan belgilangan. Harakat ibtido va intiho bilan chegaralanmagan
3
. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi 
mumkinning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu 
ashyolar, voqealarda sodir bo‘ladigan o‘zgarishdir3.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – unga xos 
bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular panpsixizm – butun 
olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi mazkur yondashuv mutlaqo 
asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni harakatga keltirish uchun unga 
qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, 
u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) 
tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, 
ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik 
yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib 
yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining 
zarurligiga ishonch bilan bog‘liq edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina 
mutafakkirlar tan olgan. Masalan, ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan, 
harakatni materiya atributi, deb hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb 
bilaman. Boshqacha aytganda, o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan 
uzviy bo‘lsa, harakat ham materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat 
materiya ta’rifidan uning tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim»4, deb yozgan.

Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin