“ Ijtimoiy fanlar



Yüklə 5,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/431
tarix20.09.2023
ölçüsü5,61 Mb.
#146053
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   431
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

Eklektika.
14
Dialektik tafakkur usuliga muqobil bo‘lgan tafakkur usullaridan yana biri bu 
eklektikadir. Eklektik tafakkur usuli ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keladi. 
Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, O‘rta asr falsafasi va yangi zamon falsafasi sxolastiklari 
qarashlarida keng qo‘llaniladi. Eklektik tafakkur usulida narsa va hodisalarning muhim va 
nomuhim, asosiy va asosiy bo‘lmagan xususiyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik 
ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa va hodisalarga, ularning bog‘lanishlariga 
konkret (aniq), muayyan makon va zamonda, muayyan vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, 
ulardagi asosiy va ikkinchi darajali tomonlarni hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli 
paydo bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli, ayniqsa, rahbarlikda rahbarning amaliy va nazariy 
faoliyatida, uning turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga katta xalaqit beradi. 
U bunda narsa va hodisalarni, ularni tug‘dirgan hayotiy muammolarning qaysi biri muhim, qaysi 
birini birinchi navbatda hal qilishni bilmaydi, u voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni asosiy 
bo‘lmaganlardan ajrata olmaydi.Eklektik tafakkur usuli turli sohalarda turlicha ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘ladi. Eklektik tafakkur usuli asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri 
foydalanish, narsa va hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur 
qaror topadi.
Dogmatika.
15
Dogmatik tafakkur falsafadagi amaliyot va fanning yangi ma’lumotlarini 
hisobga olmay, konkret makon va zamon bilan bog‘liq bo‘lmagan, o‘zgarmas tushunchalar va 
qoidalar bilan ish ko‘ruvchi tafakkur usulidir. Dogmatik tafakkurning asosini metafizika tashkil 
qilib, u dastlab sofistik tafakkur usuliga qarama-qarshi o‘laroq, vujudga keladi. Dogmatik 
tafakkurning paydo bo‘lishi tarixan metafizik usulning qaror topishi va rivojlanib borishi bilan 
bog‘liqdir. Dastlab tabiatshunoslik fanlari sohasida tabiatni tekshirish usuli sifatida paydo bo‘lgan 
metafizika «tabiatdagi buyumlar va jarayonlarni bir-biridan ajratilgan holda, ular o‘rtasidagi 
umumiy bog‘lanishdan tashqarida tekshirishga va shuning natijasida, ularni harakat holatida emas, 
balki harakatsiz holatida - muhim darajada o‘zgaradigan narsa sifatida emas, balki o‘lik narsalar 
sifatida tekshirishga» kishilarni odatlantirib qo‘ya boshlaydi. Bunday tekshirish va tushunish bora-
bora o‘ziga xos dogmatik tafakkur usulini vujudga keltiradi.
Metafizik-dogmatik fikr qiluvchi kishi nazarida, buyumlar va ularning fikrdagi in’ikoslari, 
ya’ni tushunchalar bir-biridan keyin va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda tekshirilishi lozim 
bo‘lgan ayrim-ayrim, o‘zgarmas, qotib qolgan, hamisha bir zaylda turadigan narsalardir. Uning 
nazarida, buyum yo mavjuddir, yoki mavjud emasdir va xuddi shuningdek, bir narsa ayni zamonda 
shu buyumning o‘zi va yana boshqacha bo‘la olmaydi. Musbat narsa bilan manfiy narsa bir-birini 
14
Эклектика
(юнонча:
еklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni
aralashquralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli. 
15
Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga 
olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir. 



Yüklə 5,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin