Yiringli infeksiya diagnostikasi.
1. Tana xarorataning ko’tarilishi, taxikardiya, va qaltirash jaroxatning infeksion asoratidan dalolat beradi. Bu paytda og’riq, pulsasion xarakterga ega bo’ladi. Bemor umumiy ahvoli yomonlashadi, ishtaxa va uyqu buziladi. Ko’zdan kechirganda jarohat chetlarining giperemiyasi, shishishi, palpatsiyada og’rishini aniqlash mumkin. Limfangit alomatlari ko’rinishi mumkin - limfa tomirlari bo’ylab qizarish, regionar limfa tugunlarining kattalashishi va boshqalar. Jarohat atrofida infiltratsiya ko’rinishi mumkin, abssesslarda flyuktuatsiya fenomeni aniqlanadi.
Laborator tekshiruvlarda leykomggoz, leykoformulaning chapga siljishi,limfositoz, eozinofiliya va ECHTning oshishi aniklanadi. Gemoglobin va umumiy kon zardobi oksillari kursatkichi kamayadi, a-2 va U-globulinlar fraksiyasi oshadi. I.V.Davbidovskiy barcha ushbu kursatkichlar va klinika kompleksaini yiringli-rezorbtiv lixoradka deb baxolagan. Hyp kasalligida infeksion asoratlar rnvojlangan paytda keng ikkilamchi nekrozlar kuzatiladi va bunda demorkasion zona kam rivojlanishi yoki umuman rivojlanmasliga mumkin. Barcha shu alomatlar uchokli shikastlanish yoki maxalliy yiringli infeksiya uchun xos.
Maxalliy yiringli infeksiyani davolash. A) Maxalliy davolash. Xirurgik - birlamchi hirurgik ishlov infeksiya rivojlanishiga qarshi profilaktik chora-tadbir xisoblanadi. Jaroxatni ikkilamchi ishlovi - ayrim hollarda nekrotik to’qimalar kesib olinadi, qolgan hollarda esa flegmonalar, yiringli tarqalishlar, jaroxat atrofi abssesslarini kesish bilan cheklaniladi. Agar yiringli asorat rivojlanishga ulgurgan bo’lsa, yiring kesilib, uning oqib chiqib ketishi uchun sharoit yaratilgandan keyin jaroxatlanish jarayoni bosqichiga qarab aktiv aspiratsiya, furatsillininng 1:5000 suvli eritmasi va osh tuzining gipertonik eritmasi bilan namlangan bog’lamlar qo’yiladi.. Nekrotik massaning ko’chib tushishi uchun 3%li N202, proteolitik fermentlar -ximotripsin, tripsin, streptokinazani qo’llash mumkin. Grunulyasiya hosil bo’layotgan jarohatga Vishnevskiy malhami bilan moyli - balbzamli bog’lam qo’yiladi. Bunday hollarda bog’lamni kamroq almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: |