198
-reja firmani me’yorlar, budjet va grafiklarga asoslagan holda qat’iy
boshqarishga imkon beradi.
Ko‘pincha strategik rejaga firma uchun hayotiy muhim bo‘lgan
omillarga
qaratilgan «favqulodda vaziyatlar rejasi» qo‘shimcha qilinadi.
11.2. Marketingni strategik rejalashtirish jarayonining mazmuni
Bu bo‘limda biz strategik rejalashtirishning har bir bosqichini hamda strategik
tavsiyalarni ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqamiz.
Strategik missiyaning bayoni
. Bu erda gap eng asosiy hujjat haqida
bormoqda. Bu hujjatda firma o‘z
faoliyat sohasini, o‘z asosiy bozorini, o‘zining
iqtisodiy va noiqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisbatan tamoyillarini belgilaydi va o‘zining
qadriyatlar tizimini e’lon qiladi. Bu hujjat firma faoliyatining ham ichki, ham tashqi
tomonlari uchun teng darajada muhimdir. Firmaning o‘zida ushbu hujjat xodimlarga
firmaning maqsadlarini tushunishga va firma madaniyatini mustahkamlovchi yagona
pozitsiyani ishlab chiqishga yordam beradi. Tashqi sohada u firmaning yaxlit
qiyofasini yaratishga imkon beradi hamda firmaning jamiyatda
qanday iqtisodiy va
ijtimoiy rol o‘ynashga intilayotganligini va o‘zining mijozlar, sotuvchilar,
xizmatchilar, akssionerlar va umuman jamiyat tomonidan
qanday kutib olinishini
istayotganligini izohlaydi.
Firma missiyasining ta’rifi quyidagi to‘rtta majburiy elementni o‘z ichiga olishi
shart:
1. Firma tarixi;
2. Faoliyat sohasini aniqlash;
3. Ustuvor maqsadlari va cheklanishlari;
4. Asosiy strategik variantlari.
Strategik missiyani shakillantirish jarayonida e’tiborga olinadigan omillar
quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
199
Mijozlar
Firmaning mijozlari kimlar?
Tovarlar / xizmatlar
Qanday tovarlar taklif qilinmoqda?
Joylashish
Firma raqobatli kurashni qaerda olib bormoqda?
Texnologiya
Firmaning asosiy texnologiyasi qanday?
YAshash
uchun kurash
muammolari
Firma qanday iqtisodiy maqsadni ko‘zlamoqda?
Falsafa
Qanday asosiy g‘oyalar, qadriyatlar va ustuvor maqsadlar bor?
O‘zi haqidagi tasavvur Qanday farq qiluvchi sifatlar, raqobatli ustunliklar bor?
Kerakli imidj
Firma qanday imidjga erishishga intilmoqda va u jamiyat oldida
o‘z zimmasiga qanday mas’uliyatni olmoqda?
Ijtimoiy mas’uliyat
Firmaning o‘z xodimlariga nisbatan pozitsiyasi qanday?
Dostları ilə paylaş: