• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/169
tarix20.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#166096
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169
Strategik marketing (1)

 
 


193 
11-BOB. STRATEGIK MARKETING REJASI 
 
11.1. Strategik rejalashtirish rolini asoslash 
Strategik g‘oyalar- firmaning harakat dasturiga aylanishi kerak bo‘lib, bu 
dasturda strategik maqsadlar aniqlanadi va tanlangan rivojlanish strategiyasining 
amalga oshirilishini ta’minlovchi vositalar belgilanadi. Firmaning yaqin kelajakdagi 
muvaffaqiyatini, avvalo uning joriy faoliyatidagi turli yo‘nalishlarning moliyaviy 
jihatdan qay darajada muvofiqlashtirilganligi belgilaydi. Uning uzoq kelajakdagi 
rivojlanishi va taraqqiy etishi esa bozordagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida oldindan ko‘ra 
bilish hamda o‘z tuzilmasi va tovar portfelining tarkibini tegishli ravishda bunga 
moslashtira olish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday strategik, faol fikrlar samarali 
bo‘lishi uchun ular izchil bo‘lishi va «kelajakni tashkil qilish»ga, ya’ni kutilayotgan 
natijalarga olib keladigan harakatlarga tayyorlanishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
SHuningdek, strategik reja qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etuvchilargacha 
etkazib berishi lozim. Bu vazifa kelajakning mavhumligi sababli murakkablashadi. 
Strategik rejani ishlab chiqish oldindan bilish mumkin bo‘lmagan o‘zgarishlarni 
«rejalashtirish»ni ham o‘z ichiga oladi. 
Strategik marketing rejasining maqsadi - firmaning uzoq muddatli taraqqiyotini 
ta’minlash maqsadida tanlagan strategiyasini aniq va izchil bayon tavsiflab berishdir. 
Bu tanlov asta-sekin qarorlar va harakat dasturlariga aylanishi kerak. Quyidagi 11.1-
rasmda rejaning umumiy tuzilishini va strategik rejalashtirishdan kutiladigan 
foydalarni ko‘rib chiqamiz.
Strategik marketing rejasining umumiy tuzilishi.
Strategik marketing 
jarayoni oltita hal qiluvchi masala bilan bog‘liqdir. Bu savollarga javob topish 
firmaning maqsadlari va shunga mos ravishda rejaning tuzilishini belgilab beradi. 
1. Biz olib borayotgan biznes qanday ko‘rinishda (ya’ni firma uchun asosiy 
bozor qaysi) va firmaning bu bozordagi strategik missiyasi qanday? 
2. Qanday tovar bozorlari asosiy bozorni tashkil etadi va bu bozorlarda qanday 
pozitsiyalashni tanlash mumkin? 


194 
3. Tovar bozorlarining ob’ektiv jalb qiluvchanligi qanday va ular bilan bog‘liq 
qanday imkoniyat va xatarlar bor? 
4. Firmaning bozordagi tovarlarga nisbatan farq qiluvchi jihatlari, uning kuchli 
va zaif tomonlari va raqobatli ustunligi nimada? 
5. Qamrab olish va rivojlanish bo‘yicha qanday strategiyani tanlash kerak va 
firma portfeliga kiruvchi tovar bozorlarida strategik mo‘ljallar darajasi qanday 
bo‘lishi lozim? 
6. Tanlangan strategik maqsadlar qanday qilib operasion marketing majmuiga: 
tovar, sotish, narx va kommunikasiyaga aylantiriladi? 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin