188
vazifasi
firmaning
bozordagi
o‘zgarishlarga moslashuvini tezlashtiruvchi
ma’lumotlarni to‘plashdan iboratdir.
YApon firmalaridan biri o‘z savdo xodimlarining roli shunday ifodalaydi:
«Sotuvchilar - tengi yo‘q ma’lumot to‘plovchilardir; axborotlarni yaxshiroq
tekshirish va to‘plash uchun ularni o‘zining sotish rejasinigina bajarishga, ya’ni faqat
o‘z ko‘rsatkichlarinigina yaxshilashga intiluvchi o‘ziga bino qo‘ygan
sotuvchi
bo‘lishga emas, balki boshqa sotuvchilar va umuman boshqa firma bilan
hamjihatlikka o‘qitish kerak».
Sotuvchilarning roli konsepsiyasidagi bunday evolyusiya ularning strategik
marketingdagi
ishtirokini kuchaytiradi, bu ishtirok quyidagi strategik funksiyalarni
bajarishdan iboratdir: bozorning yangi tovarlarni qabul qilishiga erishish; yangi
mijozlarni topish; mavjud mijozlarning qo‘ldan chiqarmaslik; texnik yordam
ko‘rsatish; iste’molchilarga tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
etkazish; axborot
to‘plash.
Savdo xodimlari tovar siyosatini ishlab chiqishda, ya’ni strategik marketingda
xaridorlarning ehtiyojlari haqidagi axborotni ta’minlash yo‘li bilan ishtirok etadi.
10.3. Reklama kommunikasiyasi jarayoni
Reklama - kommunikasiya vositasi bo‘lib, u firmaning bevosita muloqot
o‘rnatilmagan potensial xaridorlariga axborot uzatishga imkon beradi. Firma reklama
yordamida markaning imidjini yaratadi va sotuvchilar
tomonidan hamkorlik orqali
pirovard
iste’molchilarda ma’lumlik sarmoyasini shakllantiradi. Reklama
kommunikasion strategiyaning asosiy vositasidir.
Dostları ilə paylaş: