153
bo‘yicha o‘z mijozlariga maslahatlar beradi, u yoki bu tovarni chiqarishning
maqsadga muvofiqligi haqida sanoat firmalariga tavsiyalar tayyorlaydi,
reklama kompaniyasining rejasi va smetasini tuzadi, uni o‘tkazishning
muddatlari va davriyligini belgilaydi, reklama kompaniyasi rejasiga muvofiq
holda o‘rinlar
va xizmatlarni sotib oladi, tadbir o‘tkazish vaqtini belgilaydi,
reklamani tayyorlashni amalga oshiradi. Shunday qilib, «to‘liq xizmat
ko‘rsatish» agentligi reklama kompaniyasini ishlab chiqish bilan birga
marketing bilan bog‘liq ko‘pgina xizmatlarni bajaradi.
AQSHda besh mingdan ortiq firma reklama agentligi tarzida ish olib
boradi. Ammo asosiy ish bir necha yirik tashkilot hissasiga to‘g‘ri keladi.
Yirik agentliklar yirik reklama beruvchilarga xizmat ko‘rsatadi. Yirik reklama
beruvchilar esa nisbatan katta bo‘lmagan tovarlar guruhi: oziq-ovqat
mahsulotlari,
dori-darmonlar, kosmetika vositalari, avtomobillar, tamaki
mahsulotlari va shunga o‘xshashlar doirasida ish olib boradi. Ishlab
chiqaruvchilar keng ko‘lamli umummilliy reklama yordamida iste’molchiga
tovarni ilgariroq sotishga va xaridorlarda o‘z markasiga mansub tovarlar
ixlos uyg‘otishga harakat qiladilar.
Bunday hollarda reklama marketing kompleksida
yetakchi tarkibiy
qismga aylanadi.
Reklama beruvchi bilan agentlik o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro
tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Bu shartnomada agentlik
ko‘rsatadigan jami xizmatlar ko‘rsatiladi. Reklamani tarqatish vositalariga
haqni reklama agentligi mijoz hisobidan to‘laydi. Shu sababli ham mijoz
agentlikka to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazib qo‘yishi kerak. Reklama agentligi
xizmatlari uchun haq beruvchi tomonidan emas, balki agentlikning
reklamasidan foydalangan reklama-axborot vositalari tomonidan to‘lanadi.
Komission mukofot (vositachilik haqi)ning
oddiy miqdori reklama
qiymatining 15 %ini tashkil etadi. Bundan tashqari, «to‘liq xizmat
ko‘rsatish» agentliklari tomon haqi ham oladi. Tovon haqiga xarajatlarning
haqiqiy qiymati bilan birga bozorni tadqiq etish, iste’molchilar talabi holatini
tahlil qilish, iste’molchi ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish
kabi xizmatlarga kafolatli daromadlar ham kiradi. Juda ko‘p hollarda xizmat
ko‘rsatishda agentlik mijozning reklamasi bilan bog‘liq ishlarning bir yillik
umumiy qiymatini baholaydi va oylik teng badallar ko‘rinishida gonarar
oladi. Gonarar summasini belgilash uchun buyurtmani
bajarish uchun turli
bo‘limlar sarf etadigan umumiy ish soatlari miqdori hisoblanadi va soatlar
soni bir soatlik ish haqi stavkasiga ko‘paytiriladi, so‘ngra bu miqdorga
qo‘shimcha xarajatlar va foyda uchun yana 25 % qo‘shiladi. Agentlik reklama
vositalaridan vaqt va o‘rin sotib olgani uchun mijozga rasmiy e’lon qilingan
tariflar bo‘yicha komission tashlamalar bilan 15 % chegirib, to‘lov varaqasi
154
yuboradi. Chetdan material bergan va xizmat ko‘rsatganlarga to‘lanadigan
haq varaqasida amaldagi xarajatlar keltiriladi. Yil davomida yoki oxirida
xarajatlarning baholangan va amaldagi miqdorlari o‘rtasidagi har qanday
farqni tugatish uchun ganorar summasiga tuzatishlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: