21
Marketing tizimida qo‘yilgan maqsadga erishish
uchun xaridorlar va
boshqa subyektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni
marketing
usullari yig‘indisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan biri marketing-
miks, marketing kompleksi bo‘lib hisoblanadi. 1964-yilda birinchi bo‘lib
Garvard biznes maktabi professori Neyl
Borden bularni marketing
nazariyasiga kiritgan. Bu model marketologlar tayyorlash tizimida marketing
kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 1960-
yilda taklif
etilgan. Ushbu modelda marketingning to‘rtta asosiy elementi ajratib
ko‘rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish (promotion).
Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni
ayirboshlash orqali
qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi. Shuning uchun yuqorida
ko‘rsatib o‘tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 «P»
ham kiritilib, u
kishilar (people) ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgandir. Marketing-miks
elementlari 1.5-rasmda ko‘rsatilgan.
1.5-rasm. Marketing-miks
elementlari
1968-yilda F.Kotler marketing-miks elementlari
tarkibiga pablik-
rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo‘shib, oldingi 4 “P” ni 6
“P” ga kengaytirib ko‘rsatdi.
4“P” modelining qo‘llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing
nazariyasi shakllanishi va amaliyoti rivojlanishida ilg‘or rol o‘ynaydi.
Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar
sifatida bozor holatiga firmaning moslashuvidir. Yaxshi marketing kompleksi
firmani bozorda yaxshi o‘rinni egallashga olib keladi.
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o‘z ichiga oladi va 4P
modeli nomi bilan yuradi.
tovar (product);
narx (price);
sotish yoki tovar harakati (place);
Marketing tizimi
5 “P ”
Insonlar
(kishilar)
Tovarlar,
mahsulotlar
Narx
Tovarni bozorda
joylashishi
Ilgari surish
22
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada
cheklangan hisoblanadi: u ko‘proq iste’molchiga nisbatan tovarga
mo‘ljallangan.
Shuning uchun 1980-yillarda marketing kompleksi 2
ta elementga
ko‘paydi va 6 “P” deb nomlandi.
6 “P” modeli tarkibiga quyidagilar kiradi:
tovar (product);
narx (price);
sotish yoki tovar harakati (place);
siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion).
xodimlar (personal)
harakat tarzi.
Yangi modelda asosiy e’tibor marketing faoliyatini strategik jihatiga
qaratilgandir. Biroq XX asr oxirlarida ichki va tashqi iste’molchilar
konsepsiyasi paydo bo‘lgandan keyin avvalgi modelni yangidan kengaytirish
haqida axborot paydo bo‘ldi. 1999-yilda Djon Baller 10 “P” modelini taklif
qildi.
Djon Baller yangi kengaytirilgan marketing
kompleksi korporativ
marketing–miks deb ataladi.
10 “P” modeli quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.
philosophy – tashkiliy falsafasi-g‘oyasi;
2.
personality – zaruriy korxona falsafasini qo‘llab-quvvatlovchi
xodim;
3.
people – inson;
4.
products – tovarlar;
5.
prices – narxlar;
6.
place – o‘rin-joy;
7.
promotion – siljitish;
8.
performance – korxona faoliyatini baholash-bajarish;
9.
perseption – his-tuyg‘u;
10.
positioning – pozitsiyalashtirish.
Marketing nazariyasida marketing kompleksi elementlari olimlar
tomonidan turli yondoshuvlar asosida o‘rganilgan.
Quyidagi jadvalda
zamonaviy marketing kompleksi elementlari borasida turli olimlarning
izlanishlari natijalari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: