93
shuningdek narx - navodagi o‘zgarishlar yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin.
Bu bilan tovar taklifi o‘rganiladi.
Investitsiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga bo‘lgan talab va
korxona, tashkilotlar pul sarfining yo‘nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid
qobiliyatining, uning tovarlar bilan ta’minlanish darajasini hisobga olib talab
o‘rganiladi.
Uzoq muddatli o‘sish imkoniyalarini aniqlash va konyunktura tahlili bir -
biri bilan bog‘liq va u bir-birini to‘ldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun to‘plangan ma’lumotlarni 3
ta guruhga
bo‘linadi:
-o‘tgan davr konyunktura ma’lumotlari;
-tadqiq qilinayotgan davr konyunktura ma’lumotlari;
-kelgusidagi konyunkturaga ta’sir etuvchi ma’lumotlar.
Konyunkturani tahlil qilish shakli konyunktura sharhi bo‘lib
hisoblanadi.
Konyunkturani tahlil qilish savollariga o‘tishdan avval konyunkturaning
ko‘rsatkichlar tizimini ko‘rib chiqish darkor.
Ko‘rsatkichlar shartli ravishda makro va mikroko‘rsatkichlarga
bo‘linadi.
Makroko‘rsatkichlarga
-
umumxo‘jalik konyunkturasini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar: yalpi milliy mahsulot, yalpi milliy daromad,
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, tovar aylanma ko‘rsatkichlari, pul muomalasi
ko‘rsatkichlari, iste’mol ko‘rsatkichlari kiradi. Mikroko‘rsatkichlarga esa
alohida tovarlar bozorini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiradi:
ishlab chiqarish
ko‘rsatkichlari, mahsulot sotilishi va iste’moli, narx dinamikasi va h.k.
Umumxo‘jalik konyunkturasi tahlilini izlanish maqsadiga ko‘ra ikki yo‘l
bilan olib borish mumkin:
1.
Agar ma’lum bir vaqt ichida konyunkturaning rivojlanish tendensiyasi
va sur’atlarini bilib olish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda konyunktura
tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o‘rganish yo‘li bilan olib
boriladi.
2.
Agar eng oxirgi sanaga konyunktura holatini aniqlash masalasi
qo‘yilgan bo‘lsa, u holda iqtisodiy davrning fazasi
va faza ichidagi misol
tariqasidagi joyini aniqlash yo‘li bilan olib boriladi. Shuni e’tiborga olish
kerakki, konyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash
o‘zora bog‘liq va bir - birini to‘ldiradi.
Konyunktura tahlili jamiyatning xo‘jalik hayotining qiyinligini hisobga
olmagan holda u yoki bu qarashlarni tasdiqlaydigan o‘zboshimchalik bilan
tanlangan omillar va statistik ma’lumotlarga yondashib emas, balki bir-biriga
qarama-qarshi hodisalarning yig‘indisiga yondashish kerak.
Konyunktura
tahlilining shakli bu konyunktura sharhi va ma’lumotnomasidir.
94
Mahsulot ishlab chiqarish belgilanganligiga qarab, mahsulotning mutlaq
birligi o‘lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davri davomiyligi,
iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq konyunktura o‘zgarishini aks
ettiradi.
Ba’zi tarmoqlar,
masalan qora metallurgiya, havo va suv transporti,
qurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi
bo‘yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya’ni
avtomobil, radioelektron va shu
kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum
iste’molchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarish qisqarishi
yoki o‘z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki
yomonlash aniq ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: