• Основные стратегические варианты


-rasm. Marketing sohasida nazoratni asosiy vazifalari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

 
6.4-rasm. Marketing sohasida nazoratni asosiy vazifalari 
1974-yilda F. Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni 
boshqarish tizimiga ta’sir etishini ko‘rsatib o‘tgan, ya’ni tashqi va ichki muhit 
omillarining o‘zgarish imkoniyatiga ko‘ra, marketingni nazorat qilishni 
ochiq va yopiq tizimlaridir. 
Yopiq nazorat tizimida marketing-menejment guruhi vakilini to‘g‘ri 
aralashuvsiz reja va haqiqiy ko‘rsatkichlarini solishtirish va ularni to‘g‘rilash 
amalga oshiriladi. 
Ochiq nazorat tizimida esa aniq ko‘rsatkichlarni kiritilayotgan 
o‘zgartirishlarni baholash va maqsadga erishish darajasini tekshirishda 
marketing-menejment guruhi vakilining faol qatnashishi ko‘zda tutiladi. 
Qisqa xulosalar
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning 
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va 
yangi darajaga erishish yo ‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik 
rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli 
bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat. 
Marketing bo’limi 
faoliyat natijalarini 
nazorat qilish 
Marketing chora-
tadbirlari natijalarini 
nazorat qilish 
M arketing nuqtai 
nazaridan aralash 
bo‘linmalar faoliyat 
natijalarini nazorat 
qilish 
Marketing xizmati 
xodimlari faoliyatini 
nazorat qilish 
Taksimlash tizimida 
faoliyat natijalarini 
nazorat qilish 
Marketing-miks 
samaradorligini 
nazorat qilish 
Tashqi muhit omillari 
nazorati 
Firmada marketing 
potensiali tavsiflari 
nazorati 
Marketing nazorati 


88 
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga 
qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Taktik 
rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va 
sotish rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun 
zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi 
holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- maqsadga erishish darajasini belgilash; 
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; 
- korxona moslashuvchanligi talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga 
qanchalik mos kelishini aniqlash. 
Marketing nazoratining uch turi farqlanadi: 
1. 
Yillik reja bajarilishini nazorat qilish; 
2. 
Strategik nazorat; 
3. 
Foydaga erishishni nazorat qilish; 
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga 
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, bozordagi hissa 
tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, 
mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat usullaridan keng 
foydalaniladi. 
Foydaga erishishni nazorat qilish maqsadi firma nima hisobiga daromad 
topayotganligini va qaysi o‘rinlarda yo‘qotayotganligini aniqlashdan iborat. 
Strategik nazoratning maqsadi esa haqiqatan ham firma o‘zidagi 
marketing 
imkoniyatlaridan 
to‘liq 
foydalanilayotganligi 
yoki 
foydalanilmayotganligi aniqlanadi. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Strategik rejalashtirishning maqsadi nimadan iborat? 
2. Strategik rejalashtirishda korxona dasturining maqsadi nimadan 
iborat? 
3. Korxonaning o‘sish strategiyasining qanday turlarini bilasiz? 
4. Divesifikatsion o‘sish deganda nimani tushunasiz? 
5. Korxona taktik rejasining maqsadi va vazifasi nimadan iborat? 
6. Marketing nazorati deganda nimani tushunasiz va uning qanday 
turlarini bilasiz? 
7. Intensiv o‘sish deganda nimani tushunasiz? 
8. Integratsion o‘sish mazmunini tushuntirib bering? 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin