6.2-rasm. Korxona va marketing strategiyasi darajasidagi rejalashtirish
jarayoni
Korxonaning o‘sish strategiyasi korxonaning kelgusida yana qanday
tovarlarni sotishni o‘zlashtirishi, qaysi mahsulotlar bozoriga e’tiborni
kuchaytirishi, kuch sarflashini o‘z ichiga oladi. Korxonaning o‘sish
strategiyasini uch bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin. Birinchi
bosqichda hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin bo‘lgan
imkoniyatlari aniqlanadi, ya’ni bunda o‘sishga jadallashtirish omili orqali
erishiladi; tovar yoki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va
o‘sishga intilish o‘rin egallaydi. Ularning imkoniyatlari turlicha bo‘lishi
mumkin. Jumladan, tovarni bozorga chuqurroq singdirish (xaridorning
e’tiborini ko‘proq qozonish maqsadida raqobatchiga nisbatan tovarni
arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma’lum songa yetganida xaridorga mukofot
berish bilan rag‘batlantirish, shu tovarning yangi iste’molchilarini topish)
yo‘li bilan sotishni ko‘paytirish mumkin.
Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya’ni yangi bozorlar
topish va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotiq yuritishdan iborat.
Navbatdagi imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya’ni mavjud tovardan
83
keskin farq qiladigan, sifati, iste’mol qiymati yuqori bo‘lgan tovarning
yaratilishi bilan bog‘liq.
2-bosqichida korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan
hamkorlikda (integraцiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida
taqsimot tizimi qat’iy nazorat qilinadi, ya’ni bunda raqobatchi firmalari
ustidan doimiy nazorat olib boriladi.
Korxonaning o‘sish strategiyasining 3-bosqichida tarmoq doirasida
o‘sish imkoniyatlari qolmagan bo‘lsa, korxonaning mavjud turiga yaqinroq
yangi yo‘nalishini tanlash, o‘zlashtirishdan iborat jarayon amalga oshiriladi.
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini
belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasidagi barcha
harakatlarning maqsadga muvofiq yo‘nalishini aks ettiradi. So‘ngra har bir
yo‘nalish bo‘yicha puxta rejalar tuziladi, chunki marketing konsepsiyasini
qo‘llaydigan korxonalar faoliyat natijalari ko‘proq savdo sohasi bilan
belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan tortib, to pirovard
sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini qamraydigan marketingni
rejalashtirish alohida o‘rinni ega bo‘ladi.
Asosiy ko‘rsatkich ma’lumotlar yig‘indisi, joriy marketingga oid vaziyat
bayoni, xatarlar va imkoniyatlar tafsili, vazifa va muammolar tafsili,
marketing strategiyasi, harakat dasturi, budjet va nazorat.
Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-doimiy ravishda operativ va
strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida
turli o‘zgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini
beradi.
Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita strategiyani ishlab chiqish
bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki harakat
bosqichi bo‘lib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu
bosqichda: asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» holatlarni
vujudga kelish tendensiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi.
Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik kurashidagi mavqei tahlil
qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi - firma faoliyatining qaysi
yo‘nalishida «raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish
faoliyatini yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi.
Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi-strategiyani tanlash hisoblanadi.
Bunda firmaning turli faoliyatlari bo‘yicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan
strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha resurslarni
taqsimlash asosiy o‘rin egallaydi.
Lekin ko‘pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi
istiqbol uchun ma’qul bo‘lmaydi. Buning sabablari bo‘lib, firmaning ichki
faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab bo‘lmaslik, uzoq va qisqa
84
istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarining rejalashtirish
ishlarida tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab
chiqish zarurati hisoblanadi.
Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo‘llarini tahlil qilish jarayoni
sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo‘lib, amaldagi faoliyati
ko‘lami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali
bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |