86
Foydani nazorat qilishning maqsadi firma nima hisobiga daromad
topayotganligini va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan
iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa, haqiqatan ham firma o‘zidagi
marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayotganligi yoki
foydalanmayotganligi aniqlanadi.
Marketing taktikasi strategiyasidan farqli o‘laroq, bosh maqsadda firma
mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini
shakllantirish va qondirish
tamoyillarini hamda konyunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi
ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq
bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan
bog‘liqdir. U konyunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish,
shuningdek,
marketing
strategiyasi
asosida
shakllanadi.
Marketing
taktikasining vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy
vazifalari bilan qisman bog‘liq. Marketing taktikasi firmaning strategik
maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda
marketingni amalga oshirish
yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rejalashtirishda qisqa davr uchun reja chora-
tadbirlarini belgilash yo‘li bilan taktik dasturlar aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish
jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-
biridan muddati bo‘yicha
farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va
qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga
portfel tahlil, morfologik tahlil, delfi uslublarini kiritish mumkin.
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli
rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha
qaror qabul qilish uslubi,
morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik
uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli
rejalashtirish
texnikasi,
chiziqli
dasturlash,
transport
masalalarini
optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli
rejalashtirish, bozor tahlili,
moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash
uslublari keng qo‘llaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga
oladi:
1. Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash
(masalan, bozor ulushi, aylanma va hokazo).
2. Faoliyatni haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini o‘lchash (ma’lumotlarni
yig‘ish)
3. Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish.
87
4. Haqiqiy reja ko‘rsatkichlarining imkoniyat farqining tahlili.
5. Yangi rejalar ishlab chiqish, to‘g‘rilash.
Marketing sohasida nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagi rasmda
berilgan.
Dostları ilə paylaş: