80
6-bob. STRATEGIK VA TAKTIK REJALASHTIRISH, MARKETING
NAZORATI
6.1. Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab,
sotish va foyda olish ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.
Quyidagi rasmda strategik rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.1-
rasm).
6.1- rasm. Strategik rejalashtirish jarayoni
Strategik rejalashtirish, bu korxonani istiqbolda ko‘rish, korxonaning
iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni, rolini bilish va
yangi darajaga erishish yo‘llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik
rejalashtirishda aniq hisoblangan ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi, balki turli
bashoratlar asosida mo‘ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iborat.
F. Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi:
«Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi
strategik muvofiqlikni qo‘llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik
rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi
Tashkilotning vazifalarini aniqlash
Strategik xo‘jalik bo‘limlarini vujudga keltirish
Marketing maqsadlarini belgilash
Holat tahlili
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Taktikani amalga oshirish
Natijalarni kuzatish
81
maqsadlar va vazifalarni mo‘ljallashiga, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish
strategiyasiga tayanadi»
1
.
Korxona dasturi o‘z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning
mijozlari, mijozlar uchun qadrli tomonlari, korxona istiqboli haqidagi
ma’lumotlarni oladi. Savdo korxonasi bunday dasturni doimo diqqat
markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turishi kerak.
Korxona dasturi maqsad qo‘yishga, uning ahamiyatini oshirishga
ko‘maklashadi va maqsadga erishishga yo‘llaydi.
Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko‘rsatiladi. Bu
doiraning chegarasi bo‘lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruhi, ular
ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan,
korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar sotilishini
ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni
boricha tovar assortimenti kengroq bo‘lishi kerak.
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichida har bir boshqaruvchi,
rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo‘yadi.
O‘z vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir.
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo‘lsa, unga erishish uchun
foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko‘paytirish, ular hissasini oshirish
lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko‘paytirish esa, tovar manbalarini
topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi.
Bulardan o‘z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar
marketing vazifalari bo‘lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab
etadi. Bunda bozorni o‘rganish, taklif manbalarini o‘rganish, korxonaga
tegishli har bir tovar bo‘yicha konyunkturani o‘rganish va xulosa chiqarish
jarayoni bajariladi.
Korxona xo‘jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning
muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo‘jalik faoliyatining bosh yo‘nalishlari
tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi.
Rentabellik darajasiga ko‘ra uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik, jalb
etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak bo‘ladi. Yuqori rentabellik
tovarlarga ko‘proq moliyaviy resurslarni safarbar etish, kam foydalilaridan
chetlasha borishga qaratilgan ishlarni rejalashtiriladi.
Quyidagi rasmda korxona va marketing strategiyasi darajasidagi
rejalashtirish jarayoni keltirilmoqda (6.2-rasm).
1
Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. – М.: Изд. дом «Вильямс», 2010. – с.56 .
Korxona bo‘yicha
umumiy rejalashtirish
|