• Основные стратегические варианты


 Bozorni segmentlash turlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

 
8.2. Bozorni segmentlash turlari 
Bozorni segmentlash marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri 
bo‘lib, xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini 
tahlil qilish bozor segmentining ko‘pligini ajratishga imkon beradi. 
Bozorni segmentlarga bo‘lish xaridorlarning tovarga talablari va 
xaridorlar tavsiflari to‘g‘risidagi eng muvofiq bilimlarni talab etadi. 
Bozorni segmentlash 
Segmentlashni xarakterdan 
bogliqligiga ko‘ra
Iste’molchilar turiga ko‘ra 
Makrosegmentlash 
Mikrosegmentlash 
Ichkarida segmentlash 
Chuqur segmentlash 
Avvaldan segmentlash 
Iste’mol tovarlari 
iste’molchilarini 
segmentlash 
Ishlab chiqarish texnik 
tovarlar bo‘yicha 
iste’molchilarni 
segmentlash 


104 
8.1-rasm. Bozorni segmentlash turlari 
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha ularning 
sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi. 
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq 
mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi. 
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari 
bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari tasnifiga 
bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. 
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan 
boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab 
kengaytirishni nazarda tutadi. 
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga 
mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir. 
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z 
imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi 
bosqichdir. U iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi 
segmentga tovarlarni joylashtirish maqsadida bozorning optimal segmentini 
izlash bilan bog‘liq. 
Iste’molchilar turiga ko‘ra iste’mol talabdagi tovarlari iste’molchilarni 
segmentlash va ishlab chiqarish, texnik maqsadidagi tovar iste’molchilari 
bo‘yicha farq qiladi. 
Tegishli mahsulot ishlab chiqaruvchilar nazarga ilmagan segment bozor 
darchasi deb ataladi. Bozor darchasi hech ham mahsulot tanqisligini 
bildirmaydi. Bozor uyachasi shunday bozor segmentiki, uning uchun ushbu 
firma tovarlari va ularni yetkazib berish imkoniyatlari eng qulay va 
munosibdir. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin