Matlabda grafik chizishning imkoniyatlari Ikki o‘lchovli grafika. Matlab tizimining eng katta xususiyatlaridan biri, unda grafik chizish imkoniyatini mavjudligidir. Biz Matlabda ikki vektor grafigini chizishning eng sodda va umumiy komandalari bilan tanishamiz. Matlabda grafiklarni har xil koordinata sistemalarida qurish mumkin. Bulardan to‘g‘ri burchakli dekart koordinatalari sistemasi, polyar koordinatalari, sferik vassilindrik sistemalarni keltirish mukin. Undan tashqari koordinatalarni bir sistemadagi ko‘rinishidan boshqa ko‘rinishga o‘tkazish mumkin. Biror bir sistemada grafik chizish uchun umumiy bo‘lgan ba’zi grafik chizish komandalarini keltiramiz: plot(x,y)-x va y vektorlarning dekart tekisligidagi grafigini hosil qiladi; plot(y)-y ning y -vektor elementlari nomerlarga nisbatan grafigini yasaydi; semilogx(x,y)- “x”ni logarifmi grafigini “ y” ga nisbatan yasaydi; semilogy(x,y)-“x”ning grafigini “y” ning logarifmiga nisbatan yasaydi; loglog(x,y)-“x”ni logarifmini “y” ni logarifmiga nisbatan grafigini yasaydi; grid -koordinatalar sistemasida to‘rni hosil qiladi; title (‘matn’)- grafik tepasiga matn yozadi; xlabel (‘matn’)- “matn”ni “x” o‘qi ostiga yozadi; ylabel (‘matn’)- “matn”ni “ y ” o‘qining chap tomoniga yozadi; text(x,y,’matn’)- “matn”ni (x, y) nuqtaga yozadi; polar(theta, r)- r va theta vektorlarning polyar koordinatalar sictemasida grafigini yasaydi (bu erda theta faqat radianlarda beriladi); bar(x) yoki stairs(x)- “x” vektorning gistogrammasini yasaydi; bar(x,y) yoki stairs(x,y)-“u” vektor elementlarini gistogrammasini “x” vektorning elementlariga mos to‘plamga joylashtirib chizadi; Ma’lumki, dekart koordinatalar sistemasida grafik chizish (x, y) juftligini qiymatlarini aniqlab, hosil bo‘lgan nuqtalarni kesmalar