• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

 
Qisqacha xulosalar 


51 
Bozor munosabatlarining ravnaqi, erkin raqobat muhitning yaratilishi 
sharoitida marketing tadqiqotlariga bo‘lgan talabning ortib borishi tabiiy 
jarayondir. Xaridor ishtiyoqi, unga ma’qul bo‘lgan tovar va xizmatlarni 
shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va hal qiluvchi o‘ringa ega 
bo‘lgan marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish, amalga oshirish
hozirgi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakatimiz korxona va tashkilotlari faoliyatida mazkur tadqiqotlarni 
joriy va strategik jihatdagi vazifalardan biriga aylanishini va bu asosda 
bozorda raqobatbardosh va xaridorgir bo‘lgan «O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilgan» tamg‘ali tovarlar turini ko‘paytirishni, xorijiy firmalar bilan 
keng ko‘lamli hamkorlikni ta’minlash lozim. 
Marketing tadqiqotlarini xo‘jalik yuritish faoliyatida yetakchi ahamiyatga 
ega bo‘lishi ko‘p jihatdan marketing bo‘limlari (xizmatlari) tizimini 
rejalashtirish va boshqarishda izchil tatbiq etishga bog‘liq bo‘ladi. Shu 
sababdan, marketing tadqiqotlarini uyushtirishda va amalga oshirishda 
tegishli tashkilot va korxonaning maqsadlari va strategik rivojlanish 
xususiyatlari albatta belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. 
Bozorga kirish, o‘rganish va unda yetakchilik qilish maqsadida amalga 
oshirilayotgan marketing tadqiqoti bir biridan o‘z ko‘lami, uslublari va ayrim 
jihatlariga ko‘ra keskin farqlanadi. Har bir tashkilot va korxona o‘zining 
bozordagi o‘rni, kelgusida rivojlantirish istagida muayyan marketing 
tadqiqotlarini amalga oshiradi. 
Hozirgi paytda marketing tadqiqotlari amaliy jihatdan dolzarb faoliyat 
sohalaridan biriga aylanmog‘i lozim. Mukammal va tezkor amalga oshirilgan 
tadqiqotlar kuchli bozor raqobati sharoitida, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, 
favqulodda holatlarga moslashish imkonini beradi. Bu borada tadbirkorlik 
doirasida ishlab chiqilayotgan biznes rejalariga marketing tadqiqotlari 
hisoblari, natijalari aks ettirilishi diqqatga sazovordir. Chunki, bozor bilan 
bog‘liq barcha faoliyat, dastlabki bozor tahliliga, xaridor, uning istagidagi 
o‘zgarishlarga tayanadi. Bu asosda esa tegishli tashkilotning kelgusi faoliyat 
sohasi, doirasi aniq belgilanadi. 
Marketing tadqiqotlari uchun kerakli va zaruriy axborot va ma’lumotlar 
ko‘lamini muayyan tartibga solish vazifasini hal qilish bilan mamlakatimizda 
madaniy bozor tizimi, uning infratuzilmasi barpo etiladi. Ayni vaqtda amalga 
oshirilayotgan islohotlar bu o‘rinda o‘z samarasini bermoqda va bu hozirgi 
kunda qaror topayotgan marketing axboroti, jamiyat miqyosida samarali 
ilg‘or loyihalarni amalga oshirish, korxona va tashkilotlarning eksport 
salohiyatini oshirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Shu sababli
marketing tadqiqotlarini amalga oshirish xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik 
vazifalardan biridir. 


52 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin