Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketing axboroti tizimi qanday tuzilishga ega?
2. Ichki hisobot tizimida nimalar ko‘rsatiladi?
3. Marketing axboroti asosini nimalar tashkil etadi?
4. Amaliyotda axborot to‘plashning qanday uslublari qo‘llaniladi?
5. Axborot to‘plashning imitatsiya uslubi deganda nimani tushunasiz?
6. Axborotlar tahlili qanday olib boriladi?
7. Axborotlarni tahlil qilishda va qayta ishlashda qanday usullardan
foydalaniladi?
8. Axborot manbalari nimalardan iborat?
Adabiyotlar
1.
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda
mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O
‘zbekiston, 2011.– 48 b.
2.
Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing.
Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 b.
7.
Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг: Учебное
пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c.
8.
Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. –M.: Изд. дом
«Вильямс», 2010. – 656 c.
3.
Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М,
2010. – 219 c.
4.
Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, практика: Учебное пособие.
–М.: КНОРУС, 2010, -208с.
53
4-bob. MARKETINGNING TARKIBIY TUZILISHI VA UNI
BOSHQARISHNI TASHKIL ETISH
4.1. Marketing tizimi haqida tushuncha va tarmoq marketingi
Marketing tizimi - bu qo‘yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor
talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib
o‘zida to‘rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, narx, taqsimot va
siljitishlarni birlashtiradi.
Tovar va xizmatlarni olganda bozorga nima tavsiya etilishi sifat
darajasi, sotish hajmi, kompaniyaning innovatsion darajasi, o‘lchovning
holati, alohida shartlar tadqiqotlarning hajmi va muddatlari mavjud
mahsulotni sotishni to‘xtatish paytini aniqlab olish kerak.
Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, subyektlar yig‘indisidan
iboratdir. Marketing tizimi o‘z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi:
ta’minotchilar;
raqobatchilar;
vositachilar;
iste’molchilar (bozor);
firma (kompaniya).
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq o‘rab turgan
muhit ta’sirida olib boriladi. Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
demografik va ekologik omillar kiradi.
Ta’minotchilar – alohida olingan tashkilot, uyushma, shaxslar
yig‘indisidan tarkib topib, firmani moddiy, moliyaviy va mahsulot resurslari
bilan ta’minlaydi.
Raqobatchilar – istak bo‘yicha, safdosh tovar bo‘yicha, tovar turi
bo‘yicha, tovar markasi bo‘yicha turkumlanadi.
Marketing bo‘yicha vositachilar – tashkilot uchun uning tovarlarini
mijozlarga yetkazish, sotish, aloqa o‘rnatish bo‘yicha yordam
ko‘rsatuvchilardir.
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga
bo‘linadi.
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir.
Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va oqim
holatlarini transportirovka qilish bilan shug‘ullanish.
Moliyaviy vositachilar – bank, kredit, sug‘urta va boshqa moliyaviy
xizmatlarni amalga oshiradi.
Iste’molchilar – firmalar, alohida jismoniy shaxslar yoki ularni
potensial guruhi bo‘lib, ular bozorda mavjud bo‘lgan tovar va xizmatlarni
olishga tayyor.
54
Iste’molchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo iste’molchining
xulq-atvorini o‘rganish, uning ehtiyojini firma mahsulotiga bo‘lgan
munosabatini o‘rganish, tahlil qilishdan iborat.
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir
o‘tkazib, dialektik bog‘liqlikda harakatlanib boradi. Firma yangi texnologik
jarayonlarni egallashga, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga faqat bozordagi
munosabatlar sabab bo‘ladi.
Marketing tarkibini ishlab chiqishda bosh masala uning bir butunligi,
maqsadga erishishda muvaffaqiyatni ta’minlovchi barcha omillarning o‘zaro
aloqasidir.
Marketing iqtisodiy kategoriya sifatida g‘oyasi serqirradir. Uning tarkibi
yoki faoliyat sohalarida quyidagicha:
- ishlab chiqarish vositalari marketingi;
- iste’mol tovarlari marketingi,
- xizmat ko‘rsatish marketingi singari turlarini ko‘rsatish mumkin (4.1-
rasm).
Har birining faoliyatida umumiy tamoyil va vazifalar saqlanib qoladi,
ammo bu yo‘nalishlarning har biri o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.
Ishlab chiqarish vositalari marketingi birinchi navbatda ishlab chiqarish
talablarini hisobga olishga asoslanadi. Shu sababli maqsadga muvofiqlik
maqbullik qat’iy uyg‘unlik eng birinchi o‘rinda turadi.
Iste’mol tovarlari marketingi xilma xil talab va didga ega bo‘lgan
iste’molchilarning keng doiralari bilan bog‘liq.
Bu sohada iste’molchi fe’l-atvorining tub mohiyatini o‘rganishga katta
e’tibor beriladi. Xususan, iste’molchilarni guruhlash, reklama, mahsulot
sotishni uyushtirish, bularning barchasi iste’mol tovarlari bozorida marketing
faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, do‘konlarda o‘z-o‘ziga
xizmat ko‘rsatish tamoyillari iste’mol tovarlari marketingi samarasi.
|