• Основные стратегические варианты



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

MARKETING AXBOROTI 
Ichki 
Tashqi 
Birlamchi axborot 
Ikkilamchi axborot 
Xalqaro ommaviy 
Ichki milliy ommaviy 
Kelib chiqishi shaxsiy (har 
xil tashkilotlarni bosma 
ma’lumotlari) 


44 
qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobot va ma’lumotlarga 
tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy 
faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat o‘lchov birliklarida sotuvchi 
hajmi, narxlarning yil davomida o‘zgarishi, xaridorlarning joylashuv xaritasi, 
tovar zaxiralarining o‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot 
bevosita o‘zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki 
yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud ma’lumotlarni o‘z 
ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‘llanilishi turli davlatlari 
tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi 
ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. 
Ushbu manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichik guruhga bo‘linadi. 
a) Davlat muassalarining rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik 
yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‘yicha qisqacha statistik 
sharh», «Shahar va okruglar bo‘yicha statistik yo‘riqnoma», «Amerika 
sanoati istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidir. «Marketing 
axboroti yo‘riqnomasi» oylik maxsus nashr bo‘lib, unda marketingga oid 
barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi. 
Ushbu turkum manbalardan aholining o‘sishi, tarkibiy demografik 
siljishlari, daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, 
ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa 
axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo‘yicha esa o‘zgarishlar, qo‘shni 
shtatlar bilan qiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi. 
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir 
shtat o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) 
ega bo‘lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va 
ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, savdo- sanoat palatalari, maxsus sohalar 
bo‘yicha (elektronika, sotish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z a’zolari uchun 
axborotlarni to‘pladi va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», 
«Tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
byurosi», 
«Chakana 
savdo 
milliy 
assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir. 
2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing 
xizmati ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari. 
Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb 
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan 
institutlar: GFK, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika», «Simmons 
market riserch byuro», «A.S. Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‘z 
muammo yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, 
hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha 


45 
qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to‘lov evaziga 
maxsus bajariladi va taqdim etiladi. 
Masalan, «Marketing riserch korporeyshn of Amerika» firmasi 
oilalarning haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo 
korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market 
riserch byuro» firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar, sport 
tovarlari, dori-darmonlar sotuvi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, 
daromadi, yoshi bo‘yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida 
keltiradi. 
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnal, ro‘znoma va kitoblar. 
Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar 
tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli 
bo‘lishi mumkin. AQSHda mashhur «Tayms» kabi ro‘znoma, «Forchun», 
«Forbs», «Garvard biznes revyu» va boshqa shu kabi jurnallar ommaviy 
matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop etadi. 
Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi 
risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni 
yanada boyitadi. 
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga 
yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun 
yo‘riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro raqobatda 
bo‘lgan firmalar ham ko‘p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi 
firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko‘rsatish va narx siyosati 
xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi. 
Ma’lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‘ta yuqori savdo 
aylanmasiga ega bo‘lgan mas’uliyati cheklangan shirkatlar yillik 
hisobotlarini, prospektlarni ommaviy nashr qiladilar. So‘nggi yillarda ushbu 
tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari 
ma’lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o‘z aksini topmoqda. Shu sababli, 
raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun 
chiqargan prospektlari, yo‘riqnomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot uchun 
manba sifatida foydalaniladi. 
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli 
mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, 
xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olish 
lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda 
Yevropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‘zgarishlar, 
siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Bu esa o‘z navbatida, barcha 
qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot 
manbai bo‘lib hisoblanadi. 


46 
Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar 
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: 
Xalqaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya 
banki va shu kabilar o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday 
ma’lumotlardan xalqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan 
kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi 
savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin. 
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‘lib - elektron 
ma’lumot banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida 
o‘tkaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar 
kompyuter vositasida uzatilayotgan, to‘planayotgan va saqlanayotganligi 
uchun yangi tur deb sanaladi va yuqoridagilardan farq qiladi. Kompyuterlar 
uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida ildam 
rivojlanmoqda. Hozirgi kunga kelib dunyoda 6 000 dan ziyod ma’lumotlar 
bankining turlari yaratilgan bo‘lib, so‘nggi o‘n yil davomida u qariyb 2 
marotabaga ortdi. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha 
axborotlarni yig‘ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj 
sezgan tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar 
axborotlarni to‘plash bo‘yichagina emas, balki ular bankini yaratish
kompyuter dasturlariga kiritish bo‘yicha ixtisoslashgan. Odatda, ular kichik 
tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo‘lib, kompyuter 
dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, ko‘plab iste’molchi tashkilotlar 
uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan. 
Mamlakatimizda axborot yig‘ish manbalari bir muncha o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi, avvalo, marketing bo‘yicha 
axborot olish manbalari va ushbu soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning 
tashkiliy bo‘ysinish xususiyatlaridan kelib chiqadi. O‘zgacha jihatdan esa, 
ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, savdo -
sanoat palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha 
faoliyatlarning hozirgi holati, ularni guruhlarga ajratishda alohida 
yondashuvni talab qiladi. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin