67
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga
ega:
tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotning
zaruriy nomenklaturasini aniqlash;
innovatsiya bo‘yicha qarorni asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo‘yicha
qaror qabul qilish;
tovar ishlab chiqarish tuzilishida har bir mahsulot ulushini o‘rnatish;
ishlab chiqarishning ustivor yo‘nalishlari bo‘yicha
xarajatlarni
umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash;
moliyalashtirish manbalarini topish;
ishlab chiqarishni moddiy va mehnat resurslari bilan ta’minlash;
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani bashorat qilish.
Ishlab chiqarish bo‘limi bo‘yicha marketing dasturi firmaning to‘liq ichki
rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan
ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olishi lozim. Shunday qilib,
ishlab chiqarish
bo‘yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo‘limining xo‘jalik faoliyatining
jami ko‘rsatkichlari to‘plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy hujjat
hisoblanadi.
Mahsulot bo‘yicha marketing quyidagi maqsadlarga ega:
mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligining ko‘p
variantli
hisob-kitobini o‘tkazish;
yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligi va zarurligini
asoslash;
chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;
iste’molchilarni maqsadli bozorda ko‘zlagan maqsadlarini hisobga
olgan holda har bir tovar bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish;
har bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari,
narx va foydani
solishtirish);
maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o‘xshash tovarlarini hisobga
olgan holda har bir tovar bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.
Dostları ilə paylaş: