70
2.
Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda
tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor tabaqalari (segmentlari)ni
o‘ziga jalb etishda, ko‘proq muvaffaqiyat kozonishni o‘ylash lozim.
3.
Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
4.
Marketing vositasini tanlashda, ko‘proq bir-biriga mos va o‘zaro
vazifalari bilan bir-birini to‘ldirib turuvchilarni ishga solishni ko‘zda tutish
kerak. Masalan, tovar aylanmasi bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyi,
iste’molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo‘shib olib borish tavsiya etiladi.
5.
Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama
hisobga olish talab etiladi. Masalan, umumiy va savdo kon’yukturasi holatini,
raqobatchilar bilan tutgan o‘rni va boshqalar.
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo,
korxonani foyda olishga yo‘naltirish hisoblanadi. Uning yechimini topishda
jahon tajribasida quyidagi yondoshuvlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: